Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati va uning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#157231
Iroda Shomurodova Chori qizi



111 
QASHQADARYO VILOYATINING TURIZM SALOHIYATI VA UNING 
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 
 
Iroda Shomurodova Chori qizi 
Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti talabasi: 
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatining bugungi kundagi 
turizm salohiyati va uning Respublikamiz turizimini rivojlantirishdagi o’rni haqida 
ma’lumotlar o’rganilgan.
 
Kalit so’zlar:
turizm qishloqlari, gastronomik turizm, eko turizim, ekstrimal 
turizm, mehmon uylari, Oqsaroy, Amir Temur. 
O‟zbekiston turizim sanoatida Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva ,Termiz 
singari shaharlar qatorida turuvchi Qarshi va SHahrisabz shaharlari 
Qashqadaryo viloyatining gultoji hisoblanadi. 
Qarshi shahri qadimiy va ulu
g‟vor shahar bo‟lib o‟zida ko‟plab tarixiy obida va 
madrasalarni jamlagan : shular qatorida Qashqadaryo koʻprigi , '''Imom Moʻyin an-
Nasafiy majmuasi' Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 
1990-yillargacha Qashqadaryo hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning 
yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan 
topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoracha dovonida 
Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye davriga oid bir 
nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari 
yashaganligidan dalolat berar edi. 
1990-
yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Saʼdullayevlar yuqori 
Qashqadaryodagi Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini oʻrganib paleolit davriga oid 
ashyoviy dalillarni topdilar. Siylontoshda tosh asrining soʻnggi davriga oid topilmalar 
aniqlandi. 
Vohada miloddan avvalgi X-VIII asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa
Yerqoʻrgʻon yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo 
vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, 
Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga 
Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan. 
Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksand
r Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka 
(Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi 
koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-
2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati 
tarkibiga kirdi. 468-
yilda kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador 
toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni 
oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar. 


112 
Qashqadaryoda VII-VIII asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar 
davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi 
Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan 
yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, 
Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba 
ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va 
Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh 
asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 
IX-X asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiy-ijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana 
rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val adab“ nomiga sazovor boʻddi. 
Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, 
Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka 
oʻtgandan soʻnggina (XIV asrda) Kepakxon (1318—1326) qurdirgan saroy yaqinida 
yangi shahar 
— Qarshi shahriga asos solindi. 14-15-asrlarda Temur va Ulugʻbek 
davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar 
— saroy, masjid va 
maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. 
Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish 
har
akati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga 
aylandi. 
Qashqadaryo koʻprigiQarshi shahridagi qadimiy koʻprik ayni paytda “Amir 
Temur koʻprigi” deya nomlanadi. Manbalarga koʻra, u 700 yillik tarixga ega boʻlib, 
qadimda 
Qashqadaryo daryosi qirgʻoqlarini birlashtirgan hamda xalqaro iqtisodiy va 
ijtimoiy aloqa vositasi boʻlgan. Bir vaqtlar ushbu tarixiy koʻprik ustidan Eron va 
Hindistonni Yevropa bilan bogʻlovchi karvon yoʻllari oʻtgan. Shu bois bu voha asrlar 
davomida gullab-yashnagan. Olim va sayyoh German Vamberining yozishicha, 
1860-yillarda Qarshi shahrida 10 ta karvonsaroy, katta bozor, shahar aholisi dam 
oladigan bogʻ boʻlgan. U bunday bogʻni boshqa yurtlarda uchratmaganini alohida 
qayd etgan. Oʻrta Osiyoning qadimgi inshootlaridan hisoblangan koʻprik asosan 
pishiq gʻisht va mustahkamlovchi qorishmalardan iborat boʻlgan, unda 12 ta 
pillapoya va 14 ta ravoq koʻrinib turgan. Inshoot juda puxta, mustahkam qurilgan 
boʻlib, oʻzbek meʼmorligidagi muhandislik sohasida dadil qadam hisoblanadi. Tarixiy 
maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, Qashqadaryo koʻprigi ustidan makedoniyalik 
Iskandar qoʻshinlari, aravalari, arablar, Chingizxon, Amir Temur, Bobur, 
Shayboyniyxon suvoriylari ham oʻtgan. 
'''Imom Moʻyin an-Nasafiy majmuasi'''Qashqadaryo zaminining ulugʻ 
allomalardan, dunyo fanlari rivojlanishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan, 
ayniqsa Movarounnahrning fiqh (islom huquqshunoslik) ilmi miqyosidagi katta oʻrin 
tutgan Motrudiya kalom maktabini atoqli namoyandalaridan biri buyuk olimlar 
oilasiga mansub yirik faqih Abul Muʼiyn an-Nasafiy 1027-yil Nasaf shahrida 
tugʻilgan. Abul Muʼiyn uzoq vaqt Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan. 


113 
Fathulloh Xulayf “Abul Muʼiyn Moturudiy kalom maktabini himoya qilib turuvchi 
buyuk shaxs” deb tariflaydi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo boʻlimi 
Kesh shahri ( Shahrisabz )
SHahrisabz shahrini buyuk bobokolonimiz Amir Temur nomi va uning 
buyuk saltanati nomisiz tasavvur etib bo‟lmaydi . Shahrisabz shahrida tug‟lib 
butun dunyoga tanilgan va ulkan saltanat yaratgan. Shahrisabz shahrida Temur va 
temuriylar tomonidan barpo etilgan. 

qadimgi Oqsaroyning xarobalari, 

Ko„k gumbaz masjidi, 

Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, 

Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari. 
Shahrisabz tumanida tarixiy obidalar balki zamonaviy tabiiy turistik manzillar 
mavjud: 
Suvtushar sharsharasi Shahrisabz tumani Suvtushar sharsharasi Suvtushar 
soyning boshlanish qismida, dengiz sathidan 2100 m. Balandlikda joylashgan. 
Sharsharaning balandligi 84m. Boʻlib, kata qoya toshlar va archazorlar orasida 
joylashganligi bilan tabiat 
shaydolarini oʻziga maftun etadi. Ushbu sharshara 
Hisortogʻ tizmasining 4000 m. Balandlikdagi Osmontalash korli qoyalaridan paydo 
boʻlgan suvlar hisobiga hosil boʻladi. Oʻziga xos ajib bir kuyni chalib, sohibjamolning 
uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi ushbu sharshara suvini 
koʻpirtirib, oppoq holatga olib keladi va shuning uchun mahalliy xalq orasida gohida 
uni Suttushar sharsharasi ham, deb ataydilar.
Hisor davlat 
Qashqadaryo viloyati koʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan 
mashhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, 
baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib chiqqan. 
Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv-yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, 
shu jumladan 34 ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 
620 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming 
talaba), 4 akademik litsey (2 ming oʻquvchi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming 
oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti (Qarshi universiteti, Qarshi 
muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qashqadaryo 
oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri da), 
viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, „Eski masjid“, „Muloqot“ teatr 
studiyalari, „Oʻzbekraqs“, „Oʻzbeknavo“ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs 
direksiyasi faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming 
nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. jamoa va 
boshqalar madaniy muassasalar ishlab turibdi. 
Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: 
Rahimjon 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 


114 
badiy havaskorlik Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq 
hofizi Oʻlmas Saidjonov; Oʻzbekiston xalq baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, 
Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston xalq artistlari:
Shahrisabzda nimani ko„rishingiz mumkin: 

qadimgi Oqsaroyning xarobalari, 

Ko„k gumbaz masjidi, 

Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, 

Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Yangiboyev M . Qashqadaryo viloyati geografiyasi, Qarshi 1993; 
2. Suleymanova R.X, Drevniy Naxshab, T.,2000 
3. Shahrisabz ming-yillar merosi, T., 2002 
4. Hakimov N., Jo‟raqulov O., Shahrisabz tarixi, Qarshi 2001. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin