9-variant Talaba Shomurodova Laylo



Yüklə 308,99 Kb.
səhifə5/8
tarix15.09.2023
ölçüsü308,99 Kb.
#143798
1   2   3   4   5   6   7   8
9-variant Shomurodova Laylo

2. Fyuchers bitimi bu
Fyuchers (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlarioltinvalyutaqimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda fyuchers bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga naqd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish hisobidan foyda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlarini ham fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga qadar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi.
FYUCHERS BITIMI – hali ishlab chiqarilmagan tovarlar namunasi bo‘yicha tuziladigan fyuchers bitimi shartnomasi maklerlar tomonidan ko‘p marta olib sotiladi.
3. Veksel bu
Veksel (nem. Wechsel — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz. U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati; qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi. V.ning asosan oddiy V. (qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytarish haqida qarz beruvchi oldidagi majburiyat), oʻtkazma V. (qarz beruvchining qarzni V.ni taqdim etuvchiga yoki hujjatda koʻrsatilgan shaxsga toʻlash haqidagi buyrugʻi), xazina V. (oʻz harajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan chiqariladi), moliya V. (bir bank boshqa bankka qarz puli olish uchun beradi), tijorat V. (tovar egasiga garov tarzida beriladi) va b. turlari bor.
V. hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda V. muomalasini keng yoʻlga qoʻygan. Sobiq Ittifoqda, shu jumladan Oʻzbekistonda V. yangi iqtisodiy siyosat davrida (davlat hamda kooperativ korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarda) ham ishlatilgan. 1930—32 y.lardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlashga oʻtilishi bilan mamlakat ichida V. muomalasi tugatilgan. Boshqa koʻpgina davlatlarda V. muomalalari 1930 y. Jenevada qabul qilin-gan "Veksel toʻgʻrisida"gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda V.ning kuyidagi majburiy unsurlari boʻlishi qatiy belgilangan: V. belgisi — "Veksel" yozuvi; V.da koʻrsatilgan summani soʻzsiz toʻlash majburiyati; qarz toʻlovchi va birinchi V. egasining nomi; remitent nomi; toʻlov muddati va joyi; V. toʻldirilgan sana va manzil; V. beruvchining imzosi.
V. ni amal qilish muddatini choʻzish (V. prolongatsiyasi) qonunga muvofiq yoki trassant va trassatning oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
OʻzRning 1993 y. 2 sent.dagi "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq 1994 y.dan boshlab Oʻzbekistonda V.lar muomalaga kiritildi. V.lar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.

Yüklə 308,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin