91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi


-mavzu Suyakli baliqlarning asosiy turkumlari. Bakralar, ya'ni suyak tog‘ayli baliqlar turkumi. Losossimonlar turkumi



Yüklə 39,16 Kb.
səhifə7/13
tarix19.12.2023
ölçüsü39,16 Kb.
#185343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis-fayllar.org

93-mavzu Suyakli baliqlarning asosiy turkumlari. Bakralar, ya'ni suyak tog‘ayli baliqlar turkumi. Losossimonlar turkumi.


Bakra, ya’ni tog‘ay- suyakli baliqlar( Chondrostei) turkumi. Bu turkumga mansub baliqlarning xiрcha va cho‘ziq tanasi bo‘ylab orqa, yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan (67-rasm). Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. Og‘iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, tog‘aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O‘q skeleti xordadan iborat bo‘lib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi.O‘rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog‘ayli baliqlardan bakra baliq va soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo va Amudaryoning quyi va o‘rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, og‘irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va uning o‘rta oqimlarida soxta kurakburun (qilquyruq) balig‘i tarqalgan. Uning uzunligi 75 sm gacha, og‘irligi 2 kg gacha boradi, mayda baliqlar va hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadi. Soxta kurakburun noyob tur sifatida muhofaza qilinadi.

67-rasm. Bakra baliqlar: 1 – bakra; 2 – beluga; 3 – sterlyad; 4 – Amudaryo qilquyrug‘i
Losossimonlar (Sahnoniformes)turkumi.Losossimonlarga o‘q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida yana bitta suzgichi bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari ko‘payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o‘tadi. Dengizlarda yashovchi losos, keta, bukri baliq (gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va Amudaryoda gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan.
94-mavzu Suyakli baliqlarning asosiy turkumlari.


K arpsimonlar (Cyrriniformes) turkumi. Tana skeleti suyakdan iborat. Bu turkum ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan zog‘orabaliq ham shu turkumga kiradi.
68-rasm. O‘zbekiston suv havzalari baliqlari:
1 – laqqa; 2 – cho‘rtan; 3 – zog‘ora;4 – oq amur; 5 – oqcha
Amudaryoda gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan.Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchraydigan mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq, shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchraydigan laqqa ham shu turkumga kiradi. O‘rta Osiyo suv havzalariga Uzoq Sharq daryolaridan oq amur va xumbosh baliq keltirilib iqlimlashtirilgan (68-rasm).


Yüklə 39,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin