Geterogen sistema (yun. heterogenes — har xil jinsli) — fizik xossalari yoki kimyoviy tarkiblari jihatdan har xil qismlar (turli fazalar)dan tuzilgan bir jinsli boʻlmagan fizik-kimyoviy sistema; oʻz xossalariga koʻra, ajratuvchi sirtlar bilan ajralgan turli qismlardan iborat boʻladi. Geterogen sistemaning bir fazasi bilan qoʻshni faza oʻrtasidagi yuzada sistemaning bir yoki bir necha xossasi (tarkibi, zichligi, kristall panjara parametrlari, elektr yoki magnit maydoni va h.k.) birdaniga oʻzgaradi. Suv va uning ustidagi suv bugʻi (agregat holatida farq bor), oʻzaro aralashmaydigan ikki suyuqlik — moy va suv (tarkibi farq qiladi) va h. k. Geterogen sistemaga misol boʻla oladi. Koʻpincha Geterogen sistema bilan gomogen (bir jinsli) sistema oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Mexanik aralashmalar (suspenziyalar, emulsiyalar) bilan chin (molekulyar) eritmalar oraligʻi kolloid eritmalar bilan band. Kolloid eritmalarda erigan modda zarralari ularga faza tushunchasini tatbiq etib boʻlmaydigan darajada mayda boʻladi. "Geterogen sistema" iborasi fizika va kimyoda, ayniqsa, kimyoviy termodinamikada keng qoʻllaniladi. Kimyoviy reaksiyalar gomogen va geterogen reaksiyalarga bo’linadi. Gomogen reaksiyalar bir jinsli muhitda boradi (masalan gaz fazada yoki eritmada). Geterogen reaksiyalar har xil fazalarda boradi (masalan qattiq va suyuq, qattiq va gaz, suyuq va gaz). Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deganda hajm birligida vaqt birligi ichida sodir bo’ladigan to’qnashishlar soniga aytiladi. Reaksiya tezligi odatda reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining kontsentrasiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan xarakterlanadi.Reaksiyaning tezligi to’g’risida sistemaning biror-bir xossasi o’zgarishi (elektr o’tkazuvchanligi, rangi, bosimi, spektri) bilan fikr yuritish mumkin. Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, reaksiyaning borish shart-sharoitlariga: konsen tratsiya с temperatura t katalizatorlarning ishtirok etish-etmasligiga, shuningdek, ba’zi omillarga (masalan, gazlarda bo'ladigan reaksiyalarda — bosimga, qattiq moddalarning reaksiyalarida —maydalanganligiga, radioaktiv nurlantirishga) bog'liq.