91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


-variant Gomogen jarayonlarning tezligini oshirishning asosiy omillari



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə35/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
91-100

107-variant

  1. Gomogen jarayonlarning tezligini oshirishning asosiy omillari.

Gomogen sistema - bir fazadan iborat boʻlgan fizik-kimyoviy sistema. Bunday sistemaning har bir nuqtasida bosim P, temperatura T va konsentratsiya S bir xil boʻladi. Masalan, muz, suv, suv bugʻi, gazlar aralashmasi, suyuqyoki qattiq jism eritmalari Gomogen sistema dir.
Gomogen reaksiyalar (jarayonlar) o'tkazish uchun reaktorlaming asosiy turlari va reaktorlar sistemasi ayrim shakllari: a) uzluksiz ishlaydigan qoritgichli kub reaktor; b) yarim davriy ishlaydigan qoritgichli kub reaktor; v) davriy ishlaydigan qoritgichli kub reaktor; g) uzluksiz kub eaktorlar kaskadi; d) bu ham uzluksiz, ammo reagentlar taqsimlanadi; ye) uzluksiz quvurli reaktor; j) bu ham, ammo xom ashyo oqimi oldidan aralashtiriladi; z) uzluksiz quvurli reaktor — xom ashyo ko'ndalang taqsimlanadi; i) sovitiladigan bir quvurli (ilon izi) reaktor; k) issiq almashuvchi ko'p quvurli reaktor. Gomogen jarayonlar uchun ko'pincha uzviy ishlaydigan sovitiladigan, quvurli siqib chigaruvchi reaktorlar qo'llanadi U awal ko'rib o'tgan ISCH R reaktoming boshqasharoq ko'rinishiga ega. Reaktor ilon iziga o'xshash bo'lib, tashqi issiq almashishga ega. Quvurlaming katta yuzasi reaksiya issiqlik effekti juda yuqori bo'lganda uni sovitish imkonini beradi. Chizmada aralashtimvchi reaktorlar kaskadlarida reagentning reaktorlardan ketma-ket o'tish va kaskad (kub reaktorlar)larga taqsimlanishi ko'rsatilgan. Gaz fazasida kechadigan gomogen jarayonlar uchun asosan kamerali va quvurli reaktorlar ishlatiladi. Gazlami aralashtirish 125 uchun esa sopla, ejektor, markazdan qoshma labirint, kaskadli aralashtirgich va boshqalar ishlatiladi.



  1. Gidrodinamika jarayonlar haqida umumiy tushuncha..

. Gidrodinamika (gidro... va dinamika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxi riga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; kichik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurmasiz yoki potensial oqim; turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holida vaqt boʻyicha "oʻrtachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. G. tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.G. tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. G. usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuroʻtkazgichlar (truboprovodlar) va b.ni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.Respublikamiz kimyo sanoatida noorganik moddalar- mineral o’g’itlar, tuzlar, kislotalar, bog’langan azot birikmlari va sulfat kislotasi ishlab chiqarish sgu davrgacha salmoqli o’rinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bo’lib qolishiga shubha yo’qdir, chunki qishloq xo’jaligini uning asosiy ozuqasi mineral o’g’itlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bo’lgani kabi sulfat kislota rivojisiz va bog’langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, hozirgi vaqtda kishi boshiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota miqdori bo’yicha bizning Respublikamiz nafaqat MDH davlatlari orasida, balki butun dunyo bo’yicha bir necha yillardan beri yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi va bundan buyon ham shunday bo’lib qolishi uchun Respublikamizda sulfat kislotyasining qisqa usuli bilan ishlab chiqarish sanoati rivojiga alohida ahamiyat berilmoqdaIshlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo'lgan og'ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan.
2FeSO4 + 2H2O→ 2FeO+ 2H2SO4
XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligmi aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material - qo'rg'oshin topilgach sulfat kislota qo'rg'oshin idishlar - kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan.
Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo'lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasidayutiladi. Keyinchalik selitra o'rniga nitrat kislota, kameralar o'miga esa minoralardan (XX asrning boshlarida) foydalanilmoqda. Shuninguchun ham kamerali usulni nitrozali yoki minorali usul deb ataladi.

Yüklə 80,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin