Ammoniyli selitra ishlab chiqarish. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguncha faqatgina Chili selitrasi — NaNO2 qishloq xo‘jaligida 0‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan.
Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda.
Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NH2)2CO, kalsiy sianamid — Ca(CN)2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi.
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli o‘g‘itlar haqida so‘z yuritiladi. Ammmoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, NO3- ning tuproqda xarakatchanligi yuqori bo‘ladi). Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi Ammoniy nitrat (NH4)2N03 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bo‘lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi:
N2+2H2=2NH3
Ammiak sintezi issiqlik effekti, harorat va bosimga bog‘liq, bo‘ladi.
Odatda past bosimli (10-15 MPa), o‘rta bosimli (25-b OMPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Harorat esa 400-500°C oralig‘ida bo‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi. Amaliy ishlab chiqarishda o‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A12O3, K2O va CaO) lar ishtirokida olib boriladi. Kontakt jihozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bo‘ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Hozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez kolonnalari ishlatilmoqda.
Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi:
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O + 907,3 kj
2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi:
2NO+O2=2NO2+124kj
3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi:
3NO2 + H2O = 2HNO3 + NO + 136,0 kj
Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va o‘z guruxidagi metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi.
Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°C dan yuqorida), ammiak erkin xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos:
4 NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O + 1269,1 kj
Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bo‘lish unumini 98% gacha etkazish mumkin.