Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.
Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi. Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina va vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan qochma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatilad
Nima uchun 1 mol azot monooksidini absorbsiya minora ichida azot dioksidiga to’lik oksidlab, nitrat kislotasiga o’tkazish uchun minimum 1,5 mol oksidlovchi xajm kerak?
Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog’lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli boglanish mavjud. Bu gaz harorat ta’siriga chidamli. Lekin 100oS da parchalanadi:
3NO=N2O+NO2
NO azot va kislorodning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta’sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo’ladi. 3000 oS da darhol muvozanat yuzaga keladi.
N2 + O2 2NO
NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo’ladi:
4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O
NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi:
2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O
3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O
NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi:
SO2 + 2NO= SO3+ N2O
NO ga galogenlar ta’sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo’ladi:
2NO + Cl2=2NOCl
nitrozilxlorid hosil bo’lib (u sariq rangli). Shunga o’xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma’lum.
Juda kuchli oksidlovchilar( K2Cr2O7 va K2Cr2O7) ta’sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi:
10NO+6KMnO4+9H2SO4=6MnSO4+10HNO3+3K2SO4+4H2O
NO havo kislorodi bilan oson oksidlanib qo’ng’ir tusli gaz NO2 ni hosil qiladi:
2NO+O2=2 NO2
NO turli komplekslarda ligand sifatida qatnashadi. [Fe(NO)4], [Fe(NO)4I2], [Co(NO)4]. Past haroratda NO qattiq holatga o’tib dimer - N2O4 hosil qiladi.
NO nitrat kislota olishda ishlatiladi.