Nima uchun xarorat pasaytirilganda azot monooksidini oksidlanish tezligi ortadi?
Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona haroratida barqaror. Azot(I) oksidi molekulasi chiziqli tuzilishga ega:
Markaziy azot atomi ikkita sp gibrid orbitallarga ega.N2O molekulasi ozroq bo’lsa ham dipol momentiga ega, shuning uchun suvda ozroq eriydi.
Azot(I) oksdidi ammoniy nitratini qizdirib olinadi:
NH4NO3 = N2O + 2H2O
N2O aktivligi kam, lekin qizdirilsa metallar bilan ta’sir etadi:
Cu+N2O= CuO+N2
Yuqori haroratda oltingugurt va uglerodni ham oksidlaydi:
C+ 2N2O = CO2+2N2
S+ 2N2O = SO2+N2
Yuqori haroratda(700oS) N2O parchalanadi:
2N2O= 2N2+O2
N2O ga tegishli giponitrit kislotasi(H2N2O2) ma’lum. Bu oksid betaraf oksid va u suv bilan ta’sirlashmaydi. Shuning uchun giponitrit kislota bilvosita usullar bilan olinadi. Giponitrit kislota quyidagicha tuzilishga ega:
Giponitrit kislotasi gidroksilaminga nitrit kislotasini ta’sir etib olinadi:
NH2OH+HNO2= H2N2O2+ H2O
Agar kumush giponitritiga ham kuchli kislotalar ta’sir etganda giponitrit kislota olish mumkin:
Ag2N2O2+2HCl= H2N2O2+ 2AgCl
H2N2O2 erkin holda uchramaydi. U ikki asosli kislota :K1=10-8, K2=10-12. Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag2N2O2; PbN2O2.
N2O tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. U “kuldiruvchi gaz” ham deyiladi, chunki u bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo’lib kula boshlaydi. Kattaroq dozada ishlatilsa kishi oqriqni sezmaydi. Ana shu tufayli jarrohlik amaliyotida narkoz sifatida kislorod bilan aralashtirib qo’llaniladi. Uning eng yaxshi tarafi organizm uchun bezararligidir.
95-variant Metallar korroziyasi.
Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichiq galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi.
Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichiq galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi.
Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib to’rgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi:
Fe – 2e– Fe2
Bu elektronlar katod sirtida havo kislorodini qaytaradi:
O2 2H2O 4e– 4OH–
Fe2 ionlari OH– ionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ni hosil qiladi; Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH)3 ga aylanadi;
Fe(OH)2 O2 2H2O 4Fe(OH)3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar, vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi;
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar, vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi;
2H2e– 2H H2