91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


-variant Sement asosli bog’lovchi moddalar



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə6/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
91-100

93-variant

  1. Sement asosli bog’lovchi moddalar.

Giltuproqli sementlar. Ohaktosh va giltuproqqa boy bo‘lgan tog‘ jinslarini eriguniga qadar kuydirib, klinkerni to`yib olingan, tez qotuvchan va juda pishiq gidravlik bog‘lovchi giltuproqli yoki alyuminatsement deb ataladi. Giltuproq sementni tayyorlash uchun xom ashyo sifatida asosan cho‘kindi tog‘ jinslaridan boksitlar ishlatiladi. Boksitlar qizil rangda bo‘lib, asosan, giltuproq gidratining temir gidroksidi aralashmasidan tashkil topgan. Boksit konlari juda kam bo‘lgani uchun giltuproqli sementni ishlab chiqarishda giltuproqqa boy bo‘lgan sanoat chiqindilari ham ishlatiladi.
Giltuproqli sementda 40 % atrofida giltuproq (A12O3), 45 % gacha kalьsiy oksidi (SaO) va 5–10 % kremniy (SiO2) bor. Giltuproqli sement qotish jarayonida suv bilan tez reaksiyaga kirishib tez quyuqlanuvchan va qotish xususiyatiga ega bo‘lgan ikki kalьsiyli gidroalyuminat mineralini hosil qiladi:
2(SaO×A12O3)+11N2O®2SaO×A12×O3×8N2O+2Al(ON)3.
Giltuprokli sement tez qotuvchan bo‘lib, 5–6 soatda 30 %dan, 1 kunda 90 %dan ko‘p, 3 kunda 100 % marka mustahkamligini oladi. 28 sutkadan so‘ng uning markasi yana 40 %ga or tadi. Giltuproqli sementning markasi 1:3 nisbatida (sement:qum) qilib tayyorlangan namunani uch kundan keyin siqilishga sinab aniqlanadi. Giltuproqli sementning texnik shartlari 2-jadvalda berilgan.
Giltuproq sement ishlab chikarish. Bunday sement ishlab chikarish uchun zarur xom ashyo materiallariga kimyoviy va mineralogik tarkibi jixatidan juda kattik talablar kuyiladi. Giltuproq sement asosan bir kalsiy alyuminatdan iborat bo`lishi kerak; boshqa oksidlar xosil qilgan moddalar bor bo`lsa, sifati buziladi. Shuning uchun begona aralashmalar qo`shilmagan, faqat giltuproq va kalsiy karbonat (oxaktosh) dan tashkil topgan xom ashyolar eng yaxshi material xisoblanadi. Lekin tabiyatda kimyoviy sof giltuproq va oxaktosh uchramaydi; jinslarda ma’lum mikdorda xar xil aralashma – qumtuproq, temir oksidi, magniy oksidi va boshqalar xam buladi. Giltuproq sement ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo materiallarda qumtuproq muayyan miqdorda (6 – 8% gacha) bo`lishi kerak. Temir oksididan xom ashyo aralashmada 10% dan ortiq bo`lmasligi kerak.
Xom ashyo materiallarini kuydirish uchun konstruksiyasi xar xil issiqlik apparatlari ishlatiladi. Xom ashyo erib kesaklashgunicha yoki batamom erigunicha kuydirilishi mumkin. Erib kasaklashgunicha kuydirish uchun aylanma yoki shaxtali pechlar ishlatiladi. Yokilgi sifatida gaz yoki sement kuldan ifloslanmasligi uchun kam kulli ko`mir ishlatiladi.


  1. Yüklə 80,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin