Kislota aylanishi (sug‘oriladigan kislota miqdori), harorat va sug‘oriladigan kislota nitrozaliliga azot aylanishi, ya’ni mahsulot zonasida gaz fazasiga ajraladigan azot oksidlari miqdori (1 t mahsulotga to‘g‘ri keladigan HNO3 kg hisobida) bog‘liqdir. Minorali tizimlarda ularning jadalligi sutkasiga 200-250 kg/m3 ga yetadi, azot aylanishi esa 700-900 kg/t ni tashkil etadi.
Azot aylanishi kislotaning sug‘orish miqdori va nitrozaligi bilan bog‘liq quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
bu yerada: Gk va Gch – mahsulot minorasiga kiradigan va undan chiqadigan nitroza miqdori, kg/soat; Nk va Nch – kiradigan va chiqadigan nitrozalardagi HNO3 miqdori, birlik ulushda; B – yo‘qotishni to‘ldirish uchun tizimga beriladigan HNO3 miqdori, kg/soat; Q – 100% li H2SO4 hisobida tizim unumdorligi, t/soat.
Azot aylanishini oshirish, ya’ni sug‘oriladigan kislota harorati va nitrozaliligini haddan ziyod oshirish gaz fazasiga qo‘shimcha azot oksidlarining ajralishiga olib keladi, bu esa absorbsiya minoralari ish sharoitini yomonlashtiradi.
Azot oksidlarini absorbsiyaga tayyorlash. Hisoblashlar va amaliy tajribalarning ko‘rsatishicha, bir vaqtda NO ning oksidlanishi va N2O3 ning sulfat kislotaga absorbsiyalanishining borishi ikkala jarayon tezligini ham pasaytiradi. Agar dastlab NO ni N2O3 ga oksidlansa, so‘ngra azot oksidlarini yutdirish jarayoni amalga oshirilsa, azot oksidlarining oksidlanish tezligi anchagina ortadi.
Minorali tizimda azot oksidlari ichki qismi bo‘sh bo‘lgan minoralarda oksidlanadi. Absorbsiya minoralarida ham azot oksidlarining oksidlanishi davom etadi. Absorbsiya minoralarida azot oksidlari yutilish tezligini kamayishiga olib keladigan keragidan ko‘p miqdordagi NO oksidlanishini oldini olish uchun oksidlash hajmida (minorasida) NO va NO2 ekvimolekulyar nisbatiga nisbatan oz miqdordagi NO ni NO2 ga oksidlanadi. Absorbsiya minoralarida NO ning qo‘shimcha oksidlanishi natijasida ekvimolekulyar nisbatdagi NO va NO2 ning yutilish jarayoni uchun qulash sharoitga erishiladi.
Minorali jarayonda azot oksidlarining talab etiladigan oksidlanish darajasiga bu jarayonni amalga oshirish uchun belgilanadigan maxus oksilash minorasiz ham erishish mumkin. Buning uchun mahsulot minorasida shunday rejim o‘rnatish lozimki, bunda oxirgi mahsulot minorasida nafaqat SO2 ni oksidlash yakunlanishi, balki NO ni kerakli darajagacha oksidlash ta’minlanishi lozimdir.