Multimediali aloqa tarmoqlarida raqamli oqimlarni sinxronizatsiya qilish asoslari.
Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi.
8.1. Multimediali aloqa tarmoqlarida raqamli oqimlarni sinxronizatsiya qilish asoslari
Sinxronizatsiya deganda aloka tarmog‘ining funksional elementlari bilan axborotni uzatish, kommutatsiya kilish va ishlov berishning ayrim muxim elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi. “Sinxronizatsiya” atamasi aloqa tarmog‘i va uning ayrim elementlarining faoliyat yuritishini turlijarayonlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Rakamli UFTga nisbatan sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko‘rib chiqish maksadga muvofikdir:
- taktli sinxronizatsiya;
- siklli sinxronizatsiya;
-tarmok sinxronizatsiyasi;
Taktli sinxronizatsiya umumiy bitlar okimidan sinxronizatsiya signalini ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) uzatish va qabul qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo‘yicha moslashtirish uchun zarur.
Siklli sinxronizatsiyaturli manbalardan kelayotgan axborotlar, bitlarning umumiy oqimida axborotlar blokining boshi va oxirini aniqlash uchun zarur, ya’ni uni qabul qilishda to‘g‘ri taqsimlash uchun.
Tarmoq sinxronizatsiyasi axborot uzatishda yuqori sifat taminlanishiuchun tarmoqning turli nuqtalarida (shu jumladan xalqaro birikishlarda) taktli signallarning uzoq muddatli aniqligi va barqarorligining berilgan ko‘rsatkichlarini qo‘llab – quvvatlab (tutib) turadi.
Tarmoqli sinxronizatsiya uchun kvars va atom generatorlaridan foydalaniladi. Ular etalon signallarni yuqori aniqlikda ishlab chiqaradi. Masalan odatdagi kvars generatorining barqarorligi bir yilda10-6 ni tashkil etadi. Rubidiy, seziy va vodorod generatoriga ajraluvchi atom generatorining barqarorligi ancha yuqori. Xususan, seziy generatori bir yilda 10-13 barqarorlikni taminlaydi.