HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.m. 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59°,qaynash temperaturasi 84°, zichligi- 1,513 g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi: Amalda zichligi 1,44 g/sm³ boʻlgan 63— 65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin.Unga odatdagi sharoitda
fizik xossalari. Nitrat kislota — o'tkir hidli, rangsiz suyuqlik. Juda gigroskopik, havoda «tutaydi», chunki uning bug'lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini hosil qiladi. Suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, 8 6 °C da qaynaydi.
Kimyoviy xossalari. Nitrat kislotaning tuzilish formulalari va ularning izohi berilgan.
H N 03 da azotning valentligi to'rtga, oksidlanish darajasi +5 ga, azotning koordinatsion soni 3 ga teng.
Suyultirilgan nitrat kislota kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi:
HN03=H++N0~3
Issiqlik ta’sirida va yorug‘da qisman parchalanadi:
4HN03=4N02+2H20 + 0 2
Shuning uchun u sovuq joyda va qorongida saqlanadi.
Nitrat kislotaning juda muhim xossasi shundan iboratki, u kuchli oksidlovchi hisoblanadi va deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi.
Ishlatilishi. Nitrat kislota — asosiy kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biridir. Uning ko‘p miqdori azotli o ‘g‘itlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, bo‘yoqlar, plastmassalar, sun’iy tola va boshqa materiallar tayyorlashga sarflanadi. Tutovchi nitrat kislota raketa texnikasida raketa yoqilg'isini oksidlovchi sifatida ishlatiladi