91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


-variant Gomogen va geterogen reaktsiyalarning tezligi va tezlikni oshirish tadbirlari. Texnologiyada kataliz ahamiyati



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə31/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
91-100

105-variant

  1. Gomogen va geterogen reaktsiyalarning tezligi va tezlikni oshirish tadbirlari. Texnologiyada kataliz ahamiyati.

Kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi gazli aralashmadan sulfat angidridni ajratib olish va uni sulfat kislotaga aylantirish hisoblanadi. Kontakt jihoziga kelishdan oldin gazni quritish lozimligi yoki quritilmasligiga qarab sulfat angidridni ajratib olish jarayoni farqlanadi: birinchi holatda SO3 sulfat kislota bilan absorbsiyalanadi, ikkinchi holda esa sulfat kislota kondensatsiyalanadi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida gaz quritiladi va sulfat angidrid sulfat kislota bilan minoralar (absorberlar) da absorbsiya- lanadi. Sulfat angidrid sulfat kislotada eriydi, so‘ngra undagi suv bilan birikadi: nSO3 + H2O = H2SO4 + (n—1)SO3 Suv va sulfat angidrid miqdoriy nisbatiga bog‘liq holda turli xil konsentratsiyadagi sulfat kislota hosil bo‘ladi. n>1 da oleum, n = 1 (monogidrat)da 100% li sulfat kislota, n

  1. Gazlarni yuvib tozalash.

Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi.Gazlarni tozalash usuUari. Gazlami tozaalash usullarini tanlash, aralashmalaming fizik-kimyoviy xossalari, konsentratsiyalari, agregat holatlari, dispersligi, harorati, namligi va boshqa shu kabilar bilan aniqlanadi. Sanoatda gazlami aerozollardan tozalash usullari: mexanik va elekrostatikga bo'linadi. Mexanik moddani tozalash quruq va ho‘l holatda bo'lishi mumkin.Mexanik tozalash quyidagi usullarda olib boriladi.gravitatsion ushlab qolish kichik tezlikda changlatilgan gaz oqimidagi chang zarrachalarining og‘irlik kuchi ta’sirida cho'kishiga asoslangan. Bu usul faqat gazni taxminiy dag‘al tozalash uchungina foydalaniladi. Buning uchun tindirgichli gaz mo‘rilari va chang cho‘ktirgich kameralari qo‘llaniladi.inersion usulda chang ushlash, boshlang'ich harakat yo‘nalishini saqlab qolishga intiluvchi gaz oqimining yo'nalishi o‘zgartirilganda, gazga aralashgan muallaq chang zarrachalarining inersiya kuchi ta’siriga asoslangan bo'ladi. Bu usul changlanish darajasi kichik (1,5 g/sm3 gacha) bo‘lgan gazni changdan taxminiy dag‘al tozalashda qo‘llaniladi. Bunda yog‘och pardali va konus xalqali nasadkasi bo‘lgan inersion chang ushlagichlardan foydalaniladi. Tozalash darajasi zarrachalarining dispersligiga bog‘liq holda, 20— 70 foizgacha bo‘ladi. Bu ikki usul ko‘pchilik hollarda alohida mustaqil foydalanilmay, balki gaz chiqindilarini qattiq aralashmalaridan tozalanishning bosqichlaridan biri sifatida foydalaniladi


  1. Yüklə 80,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin