Transformator
- Quvvatni saqlab turganda oʻzgaruvchan tok zanjirining kuchlanishini
oshirish yoki kamaytirish uchun ishlatiladigan elektr moslamasi.
GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda
ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES
qurilishi nisbatan koʻp mablagʻ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona
ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr
stansiyalarining manbasi (koʻmir, yoqilgʻi) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda
sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta toʻplanadi.GESlarning ishlash tarzi juda
oson. Gidrotexnik jihozlar suvni maʼlum bosimda joʻnatib turadi. Bu suv maxsus
quvurlardagi parraklarga kelib uriladi va generatorlarni harakatga keltiradi. Natijada elektr
energiyasi paydo boʻladi.
Suv bosimi toʻgʻon yordamida suv sathini koʻtarish orqali yoki maxsus nishablik-
kanallar vositasida (derivatsion usulda) hosil qilinadi. Ayrim paytlarda har ikki usuldan bir
paytning oʻzida foydalanish mumkin.
100
Soʻnggi hisob-kitoblarga qaraganda, gidroenergetika jahonda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyaning 63 foizini yetkazib beradi.
Aholi jon boshiga hisoblaganda
, elektr
energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha Norvegiya, Islandiya va Kanada yuqori oʻrinlarni
egallaydi. Ularning safiga Xitoy ham qoʻshilyapti. Chunki bu mamlakatda 2000 yildan
eʼtiboran keng koʻlamda GES qurilishi boshlandi. Hozir Xitoy dunyodagi kichik gidroelektr
stansiyalarining deyarli yarmiga egalik qiladi.
Oʻzbekistonda elektrlashtirish ishlari XX asrning ikkinchi choragidan boshlangan. Hozirda
Chirchiq, Chorvoq, Farhod, Boʻzsuv, Solor, Samarqand, Toʻpalang GES kabi bir qancha
elektr stansiyalari bor.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Тўйчиева, М. (2022). МЕТОДЫ И СРЕДСТВА КОНТРОЛЯ ПОКАЗАТЕЛЕЙ
КАЧЕСТВА ЭЛЕКТРИЧЕСКОЙ ЭНЕРГИИ. PEDAGOGS jurnali, 6(1), 429-433.
2.
Kizi, T. M. O. (2021). Aluminum Oxychloride For Coagulation More Effective
Coagulant For Water Purification. The American Journal of Interdisciplinary
Innovations Research, 3(05), 192-201.
3.
Туляганова, В. С., Абдуллаева, Р. И., Туйчиева, М. О., Умирова, Н. О., &
Аззамова,
Ш.
А.
(2021).
ПЕТРОГРАФИЧЕСКОЕ
И
РЕНТГЕНОГРАФИЧЕСКОЕ
ИССЛЕДОВАНИЯ
КЕРАМИЧЕСКИХ
101
КОМПОЗИЦИЙ НА ОСНОВЕ МЕСТНОГО СЫРЬЯ. Universum: технические
науки, (8-2), 79-83.
4.
Туляганова, В. С., Абдуллаева, Р. И., Негматов, С. С., Туйчиева, М. О. К.,
Шарипов, Ф. Ф., & Валиева, Г. Ф. (2021). Исследование процесса спекаемости
электрокерамических композиций. Universum: технические науки, (10-4 (91)),
43-46.
5.
Тўйчиева, М. О., Солиев, Р. Х., Кахарова, М. А., & Маннонов, Ж. А. (2022).
СТЕАТИТЛИ ЭЛЕКТРОКЕРАМИКА МАТЕРИАЛЛАРИНИ ОЛИШ УЧУН
МАҲАЛЛИЙ ХОМАШЁЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ВА МИНЕРАЛОГИК
ТАРКИБИ ВА ХОССАЛАРИНИ ЎРГАНИШ.
Academic research in educational
sciences
,
3
(4), 45-50
.
Dostları ilə paylaş: |