Poyabargli yo’sinlar tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib,tundrada, botqoqliklar va zax yerlarda butunlay qoplab oladi.
Funariya yo’sini
O’rta osiyoda tekisliklarida keng tarqalgan. Bo’yi 1-3 sm keladigan bir uyli o’simlik hisoblanadi. Bu o’simlikning och yashil rangli gilamchalarga o’xshash maysalari erta bahorda ariqlar bo’yida,zax bosgan yerlarda, hovlining oftob kam tushadigan va daraxt po’stloqlarida uchratish mumkin. Funariya yo’sining poyasi ingichka,ketma-ket o’rnashgan bargchalar bilan qoplangan. Poyaning tubi tuproqqa rezoid chiqarib tuproqqa birikadi. Barglari bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Ularning bargchalarida xlarafil donachalari bor, yorug’lik tasirida suc va karbanad angidrid gazidan kraxmal va boshqa organik moddalar sintez qiladi.