+998998006914 Munojat Raximberganova Muzaffar qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti



Yüklə 20,72 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü20,72 Kb.
#156525
Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o\'rni maqolaaaa


Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni
Jumanova Fatima Uralovna - Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedra mudiri p.f.n. dotsent
fatimajumanova71@gmail.com
+998998006914
Munojat Raximberganova Muzaffar qizi - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti
munojatraximberganova@gmail.com
+998947772117
Iskandarov Nodirbek Ravshanbekovich - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
iskandarovnodirbek117@gmail.com
+998942355501


Annotatsiya:Ushbu maqolada ijtimoiy tarbiyada mahallaning, oilaning, ta’lim tarbiyaning o’rni haqida atroflicha fikr yuritilgan bo‘lib, yosh avlodning mahalladagi o’rni haqida xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, tarbiya, mahalla, rivojlanish, psixologiya, psixolog, maktabgacha ta’lim guruhlari.
Аннотация: В данной статье подробно рассматривается роль соседства, семьи и воспитания в социальном воспитании, даются выводы и рекомендации о роли молодого поколения в соседстве.
Ключевые слова: Дошкольное образование, воспитание, соседство, развитие, психология, психолог, дошкольные группы.
Annotation: In this article, the role of neighborhood, family, and education in social education is discussed in detail, and conclusions and recommendations are given about the role of the young generation in the neighborhood.
Key words: Preschool education, upbringing, neighborhood, development, psychology, psychologist, preschool groups.
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko’zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
-har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g’amxo’rlik;
-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo’ladi.
Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko’rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho’ng’ib ketishi ularning o’qishiga, bilim olishga bo’lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ba’zi hollarda tarbiyachilar bolalarni to’liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham shug’ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar katta imkoniyatlarga, faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo’lishdi. Biroq ular bulardan to’liq foydalana olmaydilar. So’ngi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o’z mo’ljallarini yo’qotishlariga olib keldi. Mahalla oldida tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qlishdan iborat.
Mahalla azaldan nafaqat o’sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo’shnilar o’rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek esa oilaviy janjallar mahalla qo’mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko’pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasida janjallar ko’p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo’mitasi suhbat o’tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo’lmasa, bu holat bilan mahalla qo’mitasi shug’ullanadi. Odatda o’sha joyning o’zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko’p emas. So’ngi paytlarda uy xo’jaligi bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni an’anaviy kasb-xunarlarga o’rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishilariga ham ko’maklashmoqda. Xarbiy qo’mitalar askarlikka olishga tanlov bo’lganda mahalla faolligiga tayanishadi.
Mahallaning ijtimoiy hayotida so’nggi o’n yillarda katta o’zgarishlarni boshdan kechirgan qo’shnichilik munosabatlari muhim o’rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni ketmoqda. Shu bilan birga yaqin qo’shnichilik munosabatlari o’zbek oilasining qadriyatlaridan biri bo’lib qolaveradi. Bu avvalombor xo’jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda yordam ko’rsatishda namoyon bo’lmoqda. Shuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo’ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar muhokamasi bo’lib o’tadi. Shu tarzda mahalladagi eng kichik guruhlardan biri-qo’shnichilik guruhi paydo bo’ladi.
Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda avvalgidan ko’ra kamroq bo’lsada, uning a’zolarining faol o’zaro yordami bilan xarakterlidir. Qarindoshlik munosabatlari o’zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o’rinda turadi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o’z o’rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.D.Q. Asqarova "Bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" o'quv qo'llanma Toshkent-2020
2.”Ilk qadam davlat o’quv dasturi” 2018.
3. Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish . Bola shaxsini rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. - T.: 2009.
4.Kayumova.N “Maktabgacha pedagogika”. O’quv qo’llanma. TDPU 2013
5.M.A.Rasulxodjayeva. A.A.Urazaliyeva “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” darslik. 2023
Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin