A ‘ L u m o t – a X b o r o t h u j j a t L a r I



Yüklə 191 Kb.
səhifə5/8
tarix05.12.2023
ölçüsü191 Kb.
#173146
1   2   3   4   5   6   7   8
Ma‘lumot – axborot hujjatlari

T A R J I M A Y I H O L
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
2. Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.


Topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing, uning zaruriy qismlarini aniqlang
va tavsiflang.
T A R J I M A Y I H O L
Men, Sobirov Nodir Nozim o‘g‘li, 1985-yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Sobirov Nozim viloyat yo‘l qurilishi boshqarmasining bosh muhandisi, Onam – Nomozova Nasiba 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Oilada 4 kishimiz. Ukam – Nasim 7- sinfda o‘qiydi.
1992-yildan 2002-yilgacha Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman.
9-sinfni tugatib, 2002-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‘qishga kirdim.
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.
(imzo) N. Sobirov.
2002-yil 21-may
2-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini daftaringizga ko‘chiring va ma’nolarini izohlang, so‘ngra ulardan foydalanib, o‘z tarjimayi holingizni yozing.
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, a’zosiman, qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im, jamoat ishi, saylanganman.
3-topshiriq. Ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy ahvoli birikmalarining ma’nosini izohlang. O‘zingizning ijtimoiy kelib chiqishingiz va oilaviy ahvolingiz to‘g‘risida kichik matn tuzing.



Yüklə 191 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin