132.Beda oʻsimligida gulining yashil rangda boʻlishini dominant A va B genlari belgilaydi. A-bb holatda gul qizil, aa-B holatda gul sariq, ikkala gen retsessiv boʻlganda gul oq rangda boʻladi. Digeterozigota yashil oʻsimlik geterozigota qizil gulli oʻsimlik bilan chatishtirilsa, avlodning necha foizi yashil gulli boʻladi? A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 6,25
133.Kaptar tana hujayrasida 39 juft autosoma boʻladi. Kaptar hujayrasi xromosomalariga nisbatan 2 barobar kam xromosomaga ega boʻlgan uy sichqoni tuxum hujayrasida autosoma xromosomalar soni nechta boʻladi?
A) 40 B) 18 C) 19 D) 20
134.Bugʻdoy oʻsimligi diploid navining arxeosporasida (a) va mikrosporasida (b) nechta xromosoma boʻladi? A) a-14; b-7 B) a-7; b-7 C) a-14; b-14 D) a-7; b-14
135.Plaunlar yuksak oʻsimliklar boʻlib, ular ....
1) nafas olganda kislorod yutib, karbonat angidrid chiqaradi; 2) fotosintezda organik modda hosil qilib, atmosferaga kislorod ajratadi; 3) hujayrasida xloroplastlari bor; 4) qoʻsh urugʻlanish yoʻli bilan koʻpayadi; 5) ekosistemada konsument vazifasini bajaradi; 6) ekosistemada produtsent hisoblanadi
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 6 136.Meyoz jarayoni buzilishi tufayli makkajoʻxori hujayrasidagi ikkinchi va beshinchi juft xromosomalar jufti tarqalmay bir qutubga oʻtdi. Hosil boʻlgan shu spermalar ishtirokida urugʻlangan endosperm hujayralarida xromosomalar soni nechta boʻladi?
A) 19 yoki 21 B) 29 yoki 31 C) 28 yoki 32 D) 18 yoki 22
137.Termitning postembrional davri qanday bosqichlardan iborat?
A) lichinka - gʻumbak - voyaga yetgan hasharot
B) lichinka - voyaga yetgan hasharot
tuxum - lichinka - voyaga yetgan hasharot
tuxum - lichinka - gʻumbak - voyaga yetgan hasharot
138.Notoʻgʻri fikrni aniqlang.
A) Qonida agglyutinogen A va B boʻlgan odam qonida faqat agglyutinogen B boʻlgan odamdan qon oladi
Qonida agglyutininlari boʻlmagan odam universal retsipiyent boʻla oladi
Plazmasi tarkibida agglyutinin α boʻlgan odam plazmasida agglyutininlar boʻlmaydigan odamga qon beradi
Eritrositida faqat agglyutinogen B boʻlgan odam III va IV qon guruhli odamlarga donor boʻla oladi
139.Chuchuk suv gidrasi zigotasi 3 marta meridianal boʻlingandan soʻng blastomerlardagi jami xromosomalar soni 512 taga yetgan. Gidraning oraliq hujayrasidagi xromosomalar sonini aniqlang.
A) 38 B) 32 C) 64 D) 56
140.Aktiniyaning embrional rivojlanish bosqichlariga tegishli boʻlmagan jarayonlar toʻgʻri keltirilgan javobni koʻrsating.
1) blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) mezodermaning paydo boʻlishi; 8) organogenez; 9) hujayralarning ixtisoslashuvi
A