IV. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechish ko`nikmasini hosil qilish uchun mustaqil ta`lim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qo`shimcha adabiyotlarni o`rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg`ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.
Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Raqamli texnologiyalar.
Axborot texnologiyalari.
Multimedia vositalari
Jadval muharrirlari yordamida sohaga oid ma’lumotlarning statistik tahlilini diagrammalar yordamida o’rganish
Soha bo’yicha ma’lumotlar bazasini hosil qilish.
Kompyuter grafikasi.
PhotoShop dasturi
Corel Draw dasturi
Eelektron pochtadan foydalanish
Web sahifalar va HTML tili
Google Earth dasturi
Elektron hukumat
Masofaviy ta`limning imkoniyatlari va afzalliklari. Elektron darsliklar.
Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar yoki taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi.
3
|
V. Fan o`qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o`zlashtirish natijasida talaba:
Raqamli axborot texnologiyalari bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida nazariy va amaliy mashg’ulotlarda raqamli axborot texnologiyalarining rivojlanishi haqida tasavvur va bilimlarga ega bo’lishi;
Zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish va ulardan foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
Axborot xavfsizligini ta`minlashning usul va vositalari haqida tasavvur va bilimga ega bo`lishi;
Internet tarmog`ida sohaga tegishli eng yangi ilmiy-texnologik yutuqlar haqidagi ma`lumotlarni maqsadga yo`naltirilgan holda qidirish va topish malakasiga ega bo`lishi kerak.
|
|