A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Ombudsman institutining samaradorligi



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə28/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Ombudsman institutining samaradorligi.
Ombudsman fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, normativ-huquqiy hujjatlarning inson huquqlariga oid normalarini yanada takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning bajaralishi to'g'risida deputatlarga batafsil ma'lumot berdi.
2019 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan xalqimiz farovonligi yo'lida keng ko'lamli islohotlar olib borildi. Bu islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, har bir fuqaro va oila farovonligi, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlari ta'minlandi.
Mamlakatimiz uchun 2019 yil inson huquqlarini ro'yobga chiqarish, xalqimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega yirik voqealarga boy kechdi.
“2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi” va uni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida qabul qilingan 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashda, parlament va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishga, sud-huquq tizimini takomillashtirishga, qulay investitsiya muhitini yaratishga, ta'sirchan ijtimoiy siyosat olib borishga xizmat qilmoqda.
2019 yilda ham inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Xususan, mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O'zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo'la olmayotgan 5 ming 868 nafar shaxs O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.
Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Mehr” va “Mehr-2” insonparvarlik tadbirlari doirasida Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afg'onistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. Ularga zarur tibbiy va moddiy yordam ko'rsatildi.
So'nggi yillarda, davlatimiz insonparvarlik siyosatining hamda xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bo'lish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdig'i sifatida "Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bir nechta Farmonlari qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o'tash joylaridan ozod qilindi.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi Xalqaro tashkilotlarning doimiy e'tiroziga sabab bo'lib kelgan Jasliq qo'rg'onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish haqidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinishi insonparvar siyosatning yana bir amaliy namunasi bo'ldi.
Shuningdek, o'tgan yilda inson huquq va erkinliklari hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirildi. Xususan, 2019 yilda O'zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) to'g'risida”gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizm instituti joriy etildi. Unga muvofiq Vakil qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashning oldini olish bo'yicha choralar ko'radi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oliy Majlis Senati Kengashining Qo'shma qarori bilan Inson huquqlari bo'yicha vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashning oldini olish bo'yicha faoliyatiga ko'maklashuvchi ekspert guruhi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur vakolat doirasida 2019 yilda Inson huquqlari bo'yicha Vakil (ombudsman) tomonidan birinchi marotaba “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo'lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiyada”gi majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan Ombudsmanning Muqobil ma'ruzasi BMTning qiynoqlarga solishga qarshi qo'mitasiga taqdim etildi.
Ombudsman tomonidan faoliyatning bosh yo'nalishi sifatida qamoqda saqlanayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha ham izchil ishlar olib borildi. Tasdiqlangan “Qiynoqqa solishning va muomalada bo'lish hamda jazolashning boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlarining oldini olishga doir nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish jadvali” doirasida milliy preventiv mexanizm mandati bilan qamrab olinadigan 30 yaqin muassasaga yil davomida parlament palatalari bilan birgalikda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Mazkur tashriflarda deputatlar korpusi, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va BMT Bolalar jamg'armasi vakillari qatnashdi.
Mamlakatimizda onalik va bolalikni qo'llab-quvvatlash, bolalarning ma'naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi talablariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi (22.04.2019 y. №4296-PQ) Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etildi va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta'minlash faoliyatiga ko'maklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 nafardan iborat sektor tuzildi.
2019 yilda Ombudsman nomiga O'zbekiston Respublikasi, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 12 822 ta (2018 yilda - 10 832 ta) murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 38,8 foizi inson va fuqaroning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 31,6 foizi ijtimoiy, 25,3 foizi iqtisodiy, 3,5 foizi siyosiy va 0,8 foizi ekologik huquqlarga tegishlidir.
Ombudsmanning xalqaro aloqalari hisobot yilida ancha kengaydi. Xususan, 18 ta xalqaro tadbir tashkil etildi, 57 ta tadbirda, shu jumladan 31 ta tadbirda ma'ruza bilan ishtirok etildi. Shundan 17 ta ma'ruza xorijiy mamlakatlarda o'tkazilgan tadbirlarda yangradi, xorijiy davlatlarning 21 nafar ombudsmani bilan, shuningdek xalqaro va xorijiy institutlarning 31 ta delegatsiyasi bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Ayniqsa, inson huquqlari sohasidagi xalqaro institutlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Ombudsman 2019 yilda Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global Alьyansining Jenevadagi navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.



Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin