A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə26/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Ombudsman (shvedcha Ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va proko’raturadan farqli ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shu kabi. Ombudsman turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro ombudsmanga bevosita murojaat qilishga haqlidir. Ombudsman kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ko’rsatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular Ombudsmanning taklifidan bosh tortsa, Ombudsman sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki deputatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta Ombudsman lavozimi 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. Ombudsman institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman. Klassik tipdagi Ombudsman har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik Ombudsman qatoriga Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shu kabi koʻpgina mamlakatlar Ombudsmanlari kiradi. Oʻzbekiston Ombudsmani ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish huquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari.
Ombudsmanning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ombudsmanlar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin