Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar Universal xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda mintaqaviy (regional) xalqaro tashkilotlar ham mavjud bo‘lib, uning a’zolari ma’lum jug‘rofiy mintaka davlatlari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar faoliyati xavfsizlik, iktisod, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi mintaqaviy xalqaro hamkorlikka qaratilgan bo‘ladi.
BMT Ustavida bunday tashkilotlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Jumladan, ularning tashkil etilish maqsadlari va faoliyati BMT Ustavining maqsad va tamoyillariga to‘g‘ri kelishi va bu tashkilotlar BMTning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatiga ko’maklashishi lozim.
Juda ko‘p sonli turli mintaqaviy tashkilotlar ichidan umumiy vakolatlilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyida ana shulardan ayrimlari to‘g‘risida tuxtalib ugamiz.
Afrika Birligi Tashkiloti — tarkibiga 50 dan ziyod Afrika davlatlari a’zo bo‘lgan eng yirik mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot 1963 yil 25 mayda Addis-Abebadagi Afrika-ning mustaqil davlatlari va hukumat raxbarlari ishtirok etgan va mazkur tashkilotning Hartiyasi va Nizomi imzolangan Konferensiyada tashkil etilgan.
Hartiyaning 2-moddasiga binoan Afrika Birligi Tashkilotining maqsadlari quyidagilardan iborat:
birinchi, Afrika davlatlarining birligi va dustligini mustahkamlash;
ikkinchi, ular o‘rtasida siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, transport va aloqa, ta’lim, madaniyat, himoya va xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va kuchaytirish;
uchinchi, ularning suverenitetini, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish;
To‘rtinchi, Afrika kityasida mustamlakachilikning barcha turlarini tugatish va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash.
Shartnomadan tashqari nazorat mexanizmlari (BMT nizomi asosida) va an`anaviy nazorat organlari (inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar asosida). BMT Nizomidan kelib chiqib tashkil etilgan organlarning inson huquqlariga oid nazorat funksiyasi
Hozirgi davrda BMT tizimidagi o‘nlab turli organlar xalqaro shartnomalarga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Ular davlatlarning o‘z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan taqdim qiladigan ma’ruzalarini hamda xususiy shikoyatlami ko‘rib chiqadi.
Inson huquqlarini himoya qilish BMT faoliyatidagi eng muhim muammo bo‘lib, uning yechimining samarali yo‘llarini izlab topishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ushbu dolzarb muammoning yechimi universal va mintaqaviy darajada xalqaro hamkorlikning rivojlanishi, davlatlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, xalqaro-huquqiy normalami takomillashtirish va ularning samarali bajarilishini ta’minlash bilan bog'liq. BMT inson huquqlari va erkinliklari sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
birinchidan, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlami ishlab chiqish;
ikkinchidan, davlatlar tomonidan inson huquqlari
borasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari yuzasidan nazorat olib borish;
uchinchidan, texnikaviy-gumanitar yordam bo‘yicha axborotlar berish.
Inson huquqlari bo‘yicha BMT mexanizmlari uning Nizomi asosida (nizomiy) ishlaydigan mexanizmlarga va xalqaro shartnomalar asosida ishlaydigan mexanizmlarga bo‘linadi. Birinchisi BMT Nizomi qoidalari asosida tashkil etilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa, inson huquqlari bo‘yicha turli xalqaro shartnomalarga muvofiq tashkil etilgan. Nizom bo‘yicha tashkil etilgan organlarga quyidagi organlar kiradi: Bosh Assambleya, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, Inson huquqlari bo‘yicha kengash va ular qoshida tashkil etilgan yordamchi organlar.
Nizomiy mexanizmlar - bu, BMT a’zo-davlatlarining hukumatlari vakillaridan iborat bo‘lgan siyosiy organlar hisoblanadi. Ular bir vaqtning o‘zida bir necha muammoli sohalarni o‘ziga jamlovchi va butun jahonda inson huquqlari bo‘yicha holatni o‘rganadigan keng qamrovli mandatlarga egadir. BMTning barcha a’zo-davlatlari - ulaming mumkin bo‘lgan “mijozlari” hisoblanadi.