8
1-Bob.Bioorganik kimyo faniga kirish.
1.1.Fanning shakllanish tarixi.
Tabiiy moddalar kimyosi qadimdan insonni qiziqtirib kelgan.
Rostini aytganda u vaqtlarda kimyo fan sifatida taraqqiy etmagan
bo’lib; balki tabiiy manbalardan oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy
ahamiyatga ega bo’lgan birikmalarni olishdagi amaliy faoliyat tarzida
rivojlangandir. Tirik tabiat foydali va muhim birikmalarni manbai
sifatida qadimdan bir necha ming yillikdan beri insonga xizmat qilib
kelgan. Mesopotamiya, Misr, Xitoy, Hindiston va Yunonistonda
o’simlik va hayvon xom ashyosidan turli-tuman bo’yoqlar olganlar;
termik ishlab berish, achitish, ekstraktsiya usullarini qo’llaganlar;
dorivor o’simliklar va ularni ekstraktlarini tayyorlash usullarini
bilganlar. Tabiiy birikmalar kimyosi bo’yoqlar bilan chambarchas
bog’liqdir. Eramizdan avvalgi 1500 yillarda Qadimgi Misrda
Indigofera heguminosae
o’simligi barglari tabiiy bo’yoq indigo olish
uchun foydalanib kelingan. Qadimgi misrliklar, hindlar va forslar yana
bir tabiiy bo’yoq
Rubia tinktorium
ildizidan alizarin olishni bilganlar.
O’rta yer dengizi qirg’oqlaridan eramizdan avvalgi XVI-XV asrlarda
finikiyaliklar purpur mollyuskalaridan ajratib olgan qadimgi purpur
bo’yog’ini qoldiqlari topilgan. Hozirda aniqlanishicha
Indigofera
o’simligi tarkibidagi indikan gidrolizlanib indoksil hosil qiladi, bu
birikmani havoda oksidlanishi natijasida esa indigo hosil bo’ladi;
qadimgi purpur tarkibida esa 6,6
1
-dibromindigo bu bo’yog’ni asosiy
tarkibiy qismi hisoblanadi. Indigo va alizarin hozirgi vaqtda tabiiy
birikmalar kimyosi tarixida eng birinchi olingan moddalar
hisoblanadilar.Qadimgi tibbiyot to’la ravishda dorivor o’simliklarga
asoslangan bo’lib, Xitoy va Hindiston choy, jenshen, ko’k shuvoq turli
kasalliklarni davolashda qo’llanib kelingan. Qadimgi Misrda
mo’miyolarni balzamlash uchun efir moylaridan foydalanilgan.
Qadimgi yunon tabibi
Buqrot
(460-377 A.D.) o’z asarlarida ko’pchilik
kasalliklarni davolash usullari va dori-darmonlar tayyorlash usullarini
yoritib o’tgan. Ammo o’simlik va hayvon xomashyosidan dorivor
vositalar olishni asoschisi qadimgi rim vrachi
Galen
(129-201y)
9
hisoblanib o’simlik bargi, guli va ildizlaridan dori tayyorlash bilan
shug’ullangan va “
Galen preparatlari”
degan atamani fanga olib
kirgan.
N
N
H
H
O
O
Br
Br
N
N
H
H
O
O
OH
OH
O
O
indigo
6,6
1
-dibromindigo
alizarin
Alkimyo davrida (IV-XVI asrlar) dorivor moddalar kimyosi
rivojlana boshlangan. 900 yilarda arab alkimyogarlari tomonidan etil
spirti, so’ngra ba’zi organik kislotalar va mochevina ajratib olingan.
Sharq Uyg’onish davrining yirik olimlari
Abu Bakir ar Roziy
o’zining
asarlarida hamda
Abu Ali Ibn Sino
o’zining “Tib qonunlari” asarida
o’simlik, hayvon va mineral kelib chiqishga ega ko’plab dorivor
vositalarini izohlab o’tganlar. Kimyo fani rivojlanishi va uni tibbiyot
bilan bog’lashda katta hissa qo’shgan.
Abu Rayhon Beruniy
ham o’z
asarlarida dorivor vosita sifatida qo’llanadigan o’simliklar va
moddalarni yoritib o’tgan. G’arb uyg’onish davrida
T.Paraselsus
ni
faoliyati bilan tabiiy xomashyodan dorivor preparatlar olish ta’limoti
juda tez rivojlana boshlangan. O’simliklardan turli dorivor vositalar
olib uni tinktura, ekstrakt va eliksir tarzida qo’llab u birinchi bo’lib
dorilarni meyorlash to’g’risida fikr yuritdi. Organizmda sodir
bo’layotgan barcha jarayonlarni kimyoviy deb atadi va ta’sir etuvchi
asos kimyoviy modda to’g’risida tushuncha kiritdi. U yatrokimyo
(Iatros - tabib) ni asoschisi bo’lib, zamonaviy farmatsevtik kimyoni
asoschilaridan biridir. XVIII asrda tabiiy birikmalar kimyosi jadal
rivojlana boshlaydi. 1775-1785 yillarda shved kimyogari
K.Sheele
dorishunos yordamchisi bo’lib ishlab siydikdan siydik kislota,
10
o’simlik qaynatmalari yoki achib qolgan sutdan oksalat, sut, limon va
vino kislotalari oldi. Yog’larni gidroliz qilib glitserin oldi. 1788-1792
yillarda rus olimi
T. Ye.Lovits
glyukozani kristall holatda ajratib oldi.
XIX asr boshlarida tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlana boshladi.
1806 yilda
F.Serturner
ko’knoridan morfin,
L.Vauqnelin
va
R.Robike
birinchi aminokislota - asparaginni ajratib oldilar.
P.Erlich
o’z
izlanishlari bilan kimyoterapiyaga asos soldi. Tabiiy birikmalar
kimyosini rivojlanishi XX asr o’rtalarigacha davom etdi. Alkaloidlar,
terpenlar, vitaminlardan so’ng steroidlar, o’sish moddalari, antibiotik,
prostaglandin kabi birikmalar sinfi o’rganila boshlandi. XX asr 50-
yillarni boshida
D.Watson
va
F.Crick
DNK tuzilishini aniqlab
genetik axborotni saqlash va foydalanish haqidagi fan molekulyar
biologiyaga asos soldilar. Shu davr ichida tabiiy birikmalar kimyosida
sifat o’zgarishlar ro’y berdi - tirik tabiatni murakkab birikmalari
biopolimerlarni o’rgana boshlandi. Asosiy e’tibor ularning tuzilishi va
biologik vazifasiga qaratildi
L.Pauling
oqsillarda
- spiralni
aniqladi,
F.Sanger
insulin gormonining aminokislota ketma-ketligini
aniqladi. 1953-yilda
V.Du Vigneaud
peptid gormonlari oksitotsin va
vazopresinni sintezini amalga oshirdi.
R. Woodfard
xlorofill va
vitamin B
12
ni to’liq kimyoviy sintezini amalga oshirdi. Kimyoni
ajoyib va ulkan yutuqlari uni biologiya bilan qo’shilib tabiiy
birikmalar kimyosini zamonaviy Bioorganik kimyoga aylanishiga
turtki bo’ldi.
1960 yillar chegarasida biologiya keskin rivojlanishi sababida,
biologik ob’ektlarda kechadigan jarayonlarni tushuntirish zarurati
paydo bo’ldi. Shunda organik kimyo va biologik kimyo fanlari
orasida bioorganik kimyo fani yuzaga keldi. U tabiiy va fiziologik
faol birikmalar kimyosi yo’nalishi negizida rivojlandi.
O’sha davrda 1956 yili Toshkentda O’simlik moddalari kimyosi
instituti akademik
Sobir Yunusov
ning bevosita ishtirokida tashkil
topdi, keyinroq 70-yillarda akademik
Obid Sodiqov
ning harakati bilan
Bioorganik kimyo instituti tashkillandi. Natijada O’zbekiston
Bioorganik kimyo fanining yirik markazlaridan biriga aylandi.
Rossiyada akademiklar
A.Orexov. M.Shemyakin, Yu.Ovchinnikov
lar
11
fanni rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar. Ular qatorida dunyo
miqyosida AQSh da
W.Pellete
, Fransiyada
H.Hyusson
, Pokistonda
Attaur Raxmon
, Hindistonda
Korana
kabi yirik olimlar faoliyat
qildilar va katta natijalarga erishganlar.
Dostları ilə paylaş: |