A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
bioorganik kimyo

 
1.2.Asosiy tushunchalar. 
 
1.
Bioorganik kimyoning vazifalari. 
2.
Bioorganik kimyo o’rganadigan ob’ektlar. 
3.
Fanning uslublari. 
Tayanch iboralar: 
Tabiiy birikmalar, tirik organizmlar, alkaloidlar, 
steroidlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar, peptidlar, nuklein 
kislotalar, uglevodlar, monosaxaridlar, polisaxaridlar, lipidlar, 
fosfolipidlar.

Muammoli vaziyat:
Tirik organizmning faoliyati va uning 
normal holatdan chiqishini sabablari hamda sog’lom holatga
qaytarish yo’llarini o’rganadigan va ishlab chiqadigan asosiy 
fanlar majmuasini tahlil qilib bering. Ularning orasida 
bioorganik kimyoning o’rnini tushuntirib bering. 
Nazariy vazifasi: 
tirik organizmlarni yashash prinsiplarini 
o’rganuvchi kimyo va biologiya orasidagi fundamental fan. Tirik 
hujayraning tarkibiga kiruvchi barcha kimyoviy moddalarni tuzilishi 
va biologik funksiyalarni o’rganish. Bunda asosiy e’tiborni kimyoviy 
tuzilishi va biologik ta’siri orasidagi uzviy bog’liqlik qonuniyatlarini 
aniqlashga qaratish.
Amaliy vazifalari:
Tibbiyot va agroishlab chiqarish uchun zarur 
bo’lgan davolovchi vositalarni, o’stiruvchi moddalarni, pestitsidlarni 
amalda ishlab chiqarish uchun zamin yaratish. 
XX- asrning ikkinchi yarmida hayotiy faoliyatning asoslarini 
tushunishga bo’lgan qiziqish keskin ravishda ortib ketdi. 
Mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot dunyosini kuzatish hamda 
sirtdan tahlil qilish bosqichi o’rniga tirik organizmlarni molekulyar 


12 
va molekulyararo o’zaro ta’sirlarini o’rganuvchi; biologiyaga fizika, 
kimyo va matematika usullari hamda yo’nalishlarini shahdam kirib 
borishni ta’minlovchi yangi bosqich boshlandi. Bu jarayon natijasida 
hayotning moddiy asosini o’rganuvchi fanlar asta sekin tirik 
materiyani turli darajada o’rganuvchi, turli eksperimental usul va 
uslubiy yo’nalishlarga ega yangi yo’nalishlarga bo’linib ketdi. 
Organik kimyo, tabiiy birikmalar kimyosi, biokimyo va 
molekulyar biologiya fanlari oralarida paydo bo’lgan fan bu 
bioorganik kimyodir. Biokimyo, biofizika va molekulyar biologiya 
fanlari bilan bir qatorda bioorganik kimyo fizik - kimyoviy 
biologiyani yagona tarmog’ini tashkil etib, uni rivojlanishi hozirgi 
zamon tabiatshunosligining eng muhim hodisalaridan biridir. 
Bioorganik kimyo fani tirik materiyani muhim tarkibiy
qismlarini tuzilishi va biologik vazifasini, birinchi navbatda 
biopolimerlar va quyi molekulyar bioregulyatorlarni o’rganib, asosiy 
e’tiborni tuzilish va biologik ta’siri orasidagi qonunyatlarni ochishga 
qaratib, zamonaviy biologiyani kimyoviy fundamenti hisoblanadi. 
Bioorganik kimyo - biokimyoviy jarayonlarni kimyoviy usul va 
yo’nalishlar bilan o’rganadigan fan bo’lib, ko’pchilik holatlarda bu 
labarotoriya sharoitida sintez qilib olingan molekulyar modellar 
yordamida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida biologik 
sistemadagi bir butun hisoblangan jarayonlarlarni bir-biridan alohida 
ko’rib chiqish imkonini beradi.
Tirik dunyo kimyoviy muammolarini hal etib bioorganik kimyo 
tibbiyot, qishloq xo’jaligi, sanoatni turli tarmoqlariga amaliy 
ahamiyatga ega bo’lgan vositalar olinishini imkon beradi. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin