A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
bioorganik kimyo

Faollangan efirlar usuli. 
Alkil efirlarni aminolizi asta-sekin 
boradigan jarayondir.Termodinamik nuqtai nazardan peptid bog’i 
birmuncha barqarordir. Kimyoviy nuqtai nazardan alkoksidlar yaxshi 
ketuvchi guruhlar qatoriga kirmaydi. Ammo peptid bog’ini hosil 
bo’lishini tezlashtirish uchun yaxshi ketuvchi guruhga ega efir 

faollangan efir
” larni qo’llash mumkin. Faollangan efirni amminolizi 
peptid bog’ini hosil bo’lishi uchun zarur energiya bilan ta’minlaydi. 
N-Nitrofenol metanolga nisbatan ancha kuchli kislota (anionning 
rezonans barqarorlashtirishi hisobiga) bo’lib, aminokislotani N-
nitrofenil efiri - bu faollangan efirdir. Bunday efirni N-nitrofenol va 
kislotadan kondensatlovchi (degidratlovchi) agent (
) ishtirokida 
sintez qilish mumkin. Pentaxlorfenol ham metanolga nisbatan kuchli 
kislota bo’lganligi sababli (xlorni kuchli induktiv effekti hisobiga) 
undan ham faollangan efirlar olish mumkin. Karboksil guruhni 
faollash nukleofil aminoguruhni ishtirokida bir necha kondensatlovchi 
agentlar ishtirokida in situ amalga oshirish mumkin. Aril faollangan 


101 
efirlar orasida N-nitrofenil (
); 2,4-dinitrofenil; o-nitrofenil va o-
nitrotiofenil; 2,4,5-trixlorfenil(
), pentaxlorfenil(
) lar 
keng qo’llaniladi. L.Kishfaludy tomonidan taklif etilgan yuqori 
reaksion qobiliyatga ega pentaftorfenil efirlar(
) muhim 
ahamiyatga egadir. Bu turdagi aril efirlari odatda tegishli fenollardan 
karbodiimid yordamida olinadi. To’liq yillarda gidroksilamin 
hosilalari 
asosida 
faollangan 
efirlar, 
birinchi 
navbatda 
N-
gidrokisuktsinimid efirlar keng qo’llanila boshlandi. 
Disiklogeksilkarbodiimid 
yordamida 
N-nitrofenol, 
N-
gidroksisuktsinimid, 
1-gidroksibenzotriazol 
(

yoki 
pentaftorfenol 
qo’shimchalari 
ishtirokida 
olib 
boriladigan 
kondensatsiya faollangan efirlar usulini turlairidan biri hisoblanadi. 
Ko’pchilik hollarda uch molekula pentaftorfenol va bir molekula 
disiklogeksilkarbodiimiddan 
iborat “F-kompleks” qo’llaniladi. 
Disiklogeksilkarbodiimid va 1-gidroksibenzotriazol yordamidaa olib 
boriladigan kondensatsiya orqali yuqori optik tozalikka ega 
mahsulotlar olish mumkin. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin