Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
8.8.XodimIar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar b o ‘yicha hisob-
kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari
mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar,
uy-joy qurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklaming kamomadi
bo'yicha zararlami qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-
kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar bo ‘yicha hisob-kitob
muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblami hisobga olish uchun
quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo ‘yicha xodimlaming qarzlari”;
4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari”;
4730 “Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlaming qarzlari”;
4790 “Xodimlaming boshqa qarzlari”;
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari”
hisobvarag‘ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar yuzasidan
hisoblashishlar hisobga olinadi.
Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank
krediti hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo
korxonalariga to‘laligicha o ‘tkazadilar.
Kreditga tovar sotib olgan xodimlaming qarzi uchun bank
kreditlari olinsa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha xodimlaming
qarzi”
Kredit 6710,7810
Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlami
ish haqidan ushlab qoladi:
233
Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Kredit 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming
qarzi”
So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun
y o ‘naltiriladi:
Debet 6810, 7810
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
4720-“Berilgan
qarzlar
bo‘yicha
xodimlaming
qarzlari”
hisobvarag‘ida
korxona
ishchilariga
berilgan
qarzlariga
oid
hisoblashishlar aks ettiriladi, masalan, uy-joy qurilishiga, dala-hovlilami
xarid qilish yoki qurish uchun va hokazo.
Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha
provodka beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo ‘yicha xodimlaming qarzlari”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Agar mablagMar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank
tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha pro vodka beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari”
Kredit 6810 “Qisqa muddatli kreditlar”
Kredit 7810 “Uzoq muddatli kreditlar”
Qarzdor xodimlardan toMovlar qabul qilishganda quyidagicha
yozuv qilinadi:
Debet 5010,5110, 6710
Kredit 4720 “Berilgan qarzlar bo ‘yicha xodimlaming qarzi”
Bank kreditlarini so ‘ndirish paytida:
Debet 6810, 7810
Kredit 5 1 10-“Hisob-kitob schyoti”
Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga
topshiriq-majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to ‘rt
kalendar oyi
mobaynida har oyda savdo tashkiloti foydasiga
A.Samadovdan 150 ming so‘m ushlab qolishi kerak.
234
1-variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan
summalami bevosita savdo tashkilotiga o ‘tkazadi: