Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
11.12. Nomoddiy aktivlami qayta baholash Nomoddiy aktivlami qayta baholash - nomoddiy aktivlaming
balans (tiklash) qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga moslash
maqsadida ulami vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
Korxona qayta baholashni agarda joriy qiymatni faol bozor
m a’lumotlari asosida aniq belgilash mumkin bo ‘lgan shartlarda qayta
baholash sanasidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga
oshirishi mumkin.
Qayta baholashni yetarlicha muntazamlik bilan amalga oshirish
lozim, toki balans (tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi
bozor qiymatidan farq qilmasin.
Nomoddiy
aktivni
qayta baholash chog‘ida ushbu qayta
baholanayotgan
aktiv
taalluqli
b o ig a n
bir
turdagi
nomoddiy
aktivlaming barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar
uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi
va moliyaviy hisobotda joriy (tiklash) qiymati b o‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu
turi bo‘yicha faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini
faol bozor m a’lumotlari asosida boshqa belgilash mumkin bo‘lmasa,
nomoddiy aktivning balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan
holda, faol bozor m a’lumotlari asosida uning oxirgi qayta baholangan
377
sanadagi tiklash qiymati bo‘lishi kerak.
Nomoddiy aktivlami qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar
asosida tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan
foydalanilishi mumkin:
a) tayyorlovchi firmalar va ulaming rasmiy dilerlari hamda
vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy
aktivga doir narxlar to‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
b) qayta baholashni o ‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlami
xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida
aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo ‘Hagan holda xarid qilish
sanasiga
EAVda
nomoddiy
aktivlarning
qiymati
to‘g‘risidagi
m a’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo ‘lganda);
d) qayta baholashni o ‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari
va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda e ’lon qilingan narxlar darajasi
to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
e) tegishli nomoddiy aktivning qiymati to ‘g ‘risida baholovchining
hisoboti.
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini qayta
baholash chog‘ida ulam ing qayta baholash sanasidagi jamlangan
amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini
o ‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik
amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (tiklash) qiymatidan amalga
oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini
uning boshlang'ich qiymatiga bo‘lish y o ‘li bilan aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning qo‘shimcha
baholangan summasi rezerv kapitali tarkibiga "Mulkni qayta baholash
bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga o ‘tkaziladi.
Qayta baholash
natijasida nomoddiy
aktivlar qiymatining
kamayish summasi avvalgi hisobot davrlarida o ‘tkazilgan ushbu
obyektning qo‘shimcha baholash summasi chegarasida "Mulkni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bo ‘yicha rezerv kapitalini
kamaytirishga olib boriladi. Obyekt qiymatining kamayish summasining
uning q o ‘shimcha baholash summasidan yuqorisi boshqa operatsion
xarajatlarga kiritiladi.
378
Nomoddiy aktivlaming qayta baholash natijalari nomoddiy
aktivlami qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy
hisobotda aks ettiriladi.
11.17-jadval