qiladi. Koʻpincha, qoʻyilgan noreal maqsad-vazifalar,
istak-qiziqishlar bilan
odamning real imkoniyatlari orasida nomutanosiblik oʻz-oʻzini baholashning
pasayib
ketishga, uning xulqi, xatti-xarakitlari noadekvat (vaziyatga
tugri
kelmaydigan) boʻlishiga sabab boʻladi.
O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH TURLARI
Past baholash
Adekvat, real baholash
Yuqori baholash
0
- - -
- - - -
+ + + + + + +
Adekvat, real baholash – odam oʻziga, oʻzining
imkoniyatlariga real baho
beradi, oʻzining + va – (kuchli va zaif tomonlarini) biladi. Kerak paytda odam
imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzining yaxshi tomonlarini koʻrsata oladi,
kamchiliqlarini toʻgʻirlay oladi.
Past baholash – odam koʻproq oʻzining kamchiliklarini koʻradi, oʻzining
sifatlarini
pasaytiradi va kamaytiradi, bu koʻproq ichki nizolarga olib kelishi
mumkin.
Yuqori baholash – odam koʻproq oʻzining yutuqlarini koʻradi (ba'zilarini
boʻrttiradi xam), bu koʻproq shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin.
Noadekvat oʻz-oʻzini baholash,
hox yuqori, hox past boʻlsin, koʻpincha xulq-
atvordagi oʻzgarishlarga, xissiy zoʻriqishlarga, xavotirlik darajasining koʻpayishiga,
ichki va shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: