1/4-Mavzu. SAMARALI MULOQOTNING VOSITALARI
Reja:
1.
Ish jarayonida samarali muloqot qilishning amaliy vositalari.
2.
Samarali muloqotda verbal va noverbal vositalarni ishlatish.
3.
Muloqotdagi pozitsiyalar.
4.
O'zini-oʻzi baholash turlari.
5.
Ma'lumot qabul qilish zanjiri (bosqichlari).
6.
O'qituvchi oʻz faoliyatida samarali muloqotning vositalarini amaliy ishlatishi.
1.
SAMARALI MULOQOT VOSITALARI
O'qituvchining kommunikativ madaniyati – ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa
subyektlari: oʻquvchilar,
hamkasblar, administrasiya,
ota-onalar bilan muloqot
oʻilish madaniyati. Kommunikativ madaniyatning zarur darajasi oʻqituvchiga oʻz
oʻquvchilari va hamkasblarini ijob’iy
idrok etish imkonini beradigan, ta'lim va
tarbiya maqsadlariga shartsiz erishishni ta'minlaydigan madaniyat sifatida e'tirof
etilishi lozim. Samarali muloqot vositalari muloqot
jarayonining madaniyati va
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
SAMARALI MULOQOT VOSITALARI
1.
Odamning psixologik xususiyatlarini bilish (temperament,
xarakter,
odamning yoshi va jinsiga mansub xususiyatlar).
2.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari (muloqot turlari).
3.
Muloqotdagi pozitsiyalar.
4.
Ma'lumotni qabul qilish zanjiri (bosqichlari).