Darsning maqsadi. Bunda maqsadning qo‘yilishi va unga muvaffaqiyatli
erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi uchun ham
shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlanishi lozim. Maqsadni
aniqlashda quyidagi yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalaniladi: “... bajara oladi”,
“... bilib oladi”, “...qo‘llaydi”, “...ga ega bo‘ladi”, “... ifodalaydi” kabi so‘z
tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida o‘zlashtiriladigan
tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan
foydalanadi;
O‘qitish shakli. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal
shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarda ham aynan ana
shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi.
O‘qitish metod va texnologiyalari. O‘qitish metodlariga, o‘rganilayotgan
materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha
o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish
usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir
qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlardan
foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni
qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa
tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.
O‘qitish vositalari. Dars jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi,
o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga o‘qitish
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalaro‘qitish vositalari bo‘lib,
o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday
yetkazib berilishini ko‘rib chiqadi.
Dars mazmuni. Adobe Photoshop mavzusida matnlar bilan ishlash mavzusi
mazmunini rejalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini
hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida
yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishish nazarda tutiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg‘ulotlarni olib
borishda ko‘rsatmalar tartibini shakllantirib olinadi.
|