A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi
”
o‘quv kursining
“Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot darslarini
tashkillashtirish” mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Tilovova Muattar Muzapparovna
Toshkent 2022
1-Mavzu: Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot
darslarini tashkillashtirish
Reja:
1. Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot darslarini
tashkillashtirish;
2. Adobe Photoshop dasturida grafik ob’ektlarda ranglar va qatlamlar
(sloy);
3. Matn va konturlar bilan ishlash hamda uskunalar paneli yordamida
maxsus effektlar yaratishnig yo‘llari;
4. Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan
masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning
yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda.
Informatika fanini o‘rganishning dastlabki bosqichida deyarli barcha
o‘quvchilar uchun eng tabiiy, qulay va qiziqarlisi chizish, va tahrirlash jarayonidir.
Rasm chizish orqali o‘quvchi atrof olam haqidagi bilimlarini aks ettiradi va bunda
o‘zini tasavvur etadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Grafik axborotlarni qayta
ishlash” ga doir mavzularni o‘zlashtirishda o‘quvchi mavzu materialini yodlash
va eslab qolishga ko‘p harakat sarflamaydi. Grafik tahrirlovchi dasturlarga oid
maxsus tayyorlangan amaliy topshiriqlar orqali o‘qituvchilar tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi
ahamiyatga
ega
darslarni
tashkillashtirishlari
mumkin,
o‘quvchilarda esa bilishga nisbatan qiziqish yo‘qolmaydi.
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida grafik tahrirlashga oid
mavzular Paint.NET dasturini o‘zlashtirish bilan boshlanib, “Kompyuter
grafikasi”ga oidmavzular Photoshop dasturini o‘zlashtirish bilan davom ettiriladi.
Photoshop dasturini o‘zlashtirishda amaliy mashg‘ulot darslarini
tashkillashtirish uchun mavzularning quyidagi ketma-ketligi tavsiya etiladi:
Darslarda Photoshop dasturining vazifasihaqidagapiriladi; o‘quvchilar bilan
dastur interfeysi o‘rganib chiqiladi; dastur uskunalaridan qanday foydalanish
ko‘rsatib beriladi; dasturdan foydalanish davomida foydalanish mumkin bo‘lgan
turli tasvir formatlari bilan tanishtiriladi; tasvirlar bilan ishlashda tasvirning nima
maqsadda tayyorlanayotganligiga ahamiyat berish va shunga ko‘ra rang
modellarini tanlash haqidagi nazariy bilimlar beriladi; shundan so‘ng rasmni
tahrirlashga o‘tish mumkin, bunda tasvir sohasini belgilashning turli usullari va
tahrirlash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi; zamonavish grafik tahrirlovchi dasturlar
imkoniyatlaridan biri bo‘lgan qatlam va qatlamlar bilan ishlash, turli grafik filtlash
imkoniyatlariga oid amaliy topshiriqlar ko‘rib chiqiladi; matnlar bilan ishlash
uchun turli effektlardan foydalanish va Photoshop dasturining qo‘shimcha
imkoniyatlari tushuntiriladi.
O‘quvchilar ushbu mavzularni o‘zlashtirish davomida Photoshop grafik
muharririda tasvirlar yaratish va qayta ishlashni biladi.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda nostandart taqdimotdan yoki she’riy
talqin usullaridan foydalanish mumkin. Kompyuterda uzoqvaqt o‘tirgandan so‘ng
ko‘zning zo‘riqishini, qo‘l va barmoqlarning kuchlanishini va umumiy charchoqni
kamaytirish uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarningbilimlarinitekshirishuchunkrossvordlar,testlar ishlatiladi va
chiroyli chizilgan rasmlar tanlovlarini o‘tkazish mumkin.
Barcha vazifa va ishlarni ikki qismga ajratish mumkin: fanni o‘zlashtirishga
oid bo‘lgan zaruriy topshiriqlar va topshiriqlarni tez va yaxshi bajaruvchilar uchun
qo‘shimcha vazifalar.
Har bir dars qiziqarli bo‘lish bilan birga foydali ham bo‘lishi zarur.
Maqsadga erishishuchun esa maxsus kartochkalar tayyorlash mumkin. Darslarda
grafik muxarririda ishlash ko‘nikmalarini hosil qiluvchi vazifalar bo‘lishi zarur.
Ular o‘rganilayotgan mavzuga mos tushishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, agar darsda “Заливка” uskunasi o‘tilayotgan bo‘lsa, demak,
nimanidir bo‘yash kerak va xokazo. Ba’zi shunga o‘xshash darslar o‘quvchilarning
ekologik tarbiyasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Masalan, quyidagicha
mashq berishimiz mumkin, “tasvirlangan rasmda tabiatni ifloslantiruvchi
elementlarni olib tashlang” degan shart bersak. O‘quvchilar darhol rasmdagi
tasvirlarga boshqacha e’tibor bilan qarashadi.
Darslarda algoritmik ketma-ketliklar orqali o‘ylangan natijaga olib kelish
yo‘llarini izlashlari ham ahamiyatlidir.Grafik muharrir bilan tanishish nafaqat rasm
chizishni o‘rgatadi, balki turli geometrik shakllarning shakli, tuzilishi, nomi,
joylashuvi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishadi. Simmetriya aylanish, burish
kabi matematik tushunchalarni rivojlantiradigan mashqlarini ham berishimiz
mumkin. Masalan, “Rasmni bo‘yab unda nechta uchburchak borligini sana” yoki
“Har bir uchburchakni har-xil rangda bo‘ya ”degan mashqlarimiz o‘quvchilarda
matematik tushunchalarni rivojlantiradi.
“Eng chiroyli va eng kerakli” narsani chizish, “Yoqtirgan faslni chizish”
o‘quvchilarning aqliy hamda badiiy rivojlanishiga ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Bugungi kunda maktab o‘quvchilarining qiziqishlarini hisobga olgan holda
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan topshiriqlarni ham kiritish
mumkin. Ularga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin:
Umumlashtiruvchi: berilgan predmetni bir so‘z bilan ifodalang va shunga
o‘xshash rasm chizing.
Qiyoslash uchun: “Xayvonot bog‘i” nomli mashqda o‘quvchilar qafasning
pastki qismida yozilgan xayvon nomiga mos rasmni qafasga joylashtirishlari
mumkin.
Taqqoslash mashqi: qonuniyatni oxiriga yetkazish uchun yetishmayotgan
shaklni chizish va boshqalar.
Darslardao‘quvchilarning xotirasini va fikrlashini o‘stirish mashqlari bilan
bir qatorda ularni mustaqil fikrga ega inson qilibham tarbiyalashga e’tiborberish
zarur. Shuning uchun ularga o‘qigan ertak va hikoyalari asosida mustaqil rasm
chizish imkoniyatini ham berish muhim. Bunda o‘quvchilar ijodiy qobilyatlarini
ishga soladilar, shu bilan birga mustaqil o‘zlari har qaysi shaklga qanday rang
berish ustida mustaqil fikr yuritadilar. Bu amallarni dastur imkoniyatlaridan
Foydalanib tez amalga oshirish amallarini ham rivojlantiradilar.
Ushbu mavzu bo‘yicha so‘nggi darslarda albatta “Engchiroyli rasm”
konkursini o‘tkazish mumkin. O‘quvchilar erkin mavzuda loyiha ishlarini
taqdim etishlari taklif etiladi. Dars yakunida loyiha uchun tayyorlangan rasmlar
tahlil qilinadi va o‘quvchilarning o‘zlari g‘olibni aniqlashadi. Bu darslar to‘g‘ri
tashkillashtirilsa, kelgusida ular yanada murakkab chizmalarni chizish va
tahrirlashda qiynalishmaydi.
“Algoritmlar”, “Modellashtirish” darslari o‘tilayotganda ular o‘zlaridagi
bilim va ko‘nikmalarini ishga soladilar bloksxemalarni va modellarni osonlik bilan
hosil qila oladilar.
Rolli o‘yinlardan foydalanish. Ushbu mavzuni o‘rganayotganda, dasturning
maqsadi, bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar haqida aytib berish kerak. Juda
muhim tomonlardan biri bu Adobe Photoshop oynasini o‘rganishdir, chunki
bolalarning muvaffaqiyati dastur oynasining tuzilishi haqidagi bilimlaridan
mahoratli foydalanishga bog‘liq. O‘quvchilarda, sinfda psixologik to‘siq
bo‘lmasligi uchun bolalarda dastur oynasini boshqarish qobiliyatini ishlab chiqish
muhimdir.
Asboblar paneli, asboblar palitrasi, menyu elementlari haqida gapirishning
o‘zi kifoya emas, buning qanday qilinishi kerakligini ko‘rsatishning o‘zi etarli
emas. Interfeysi bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish kerak. Dars davomida “ish
Maydoni”, “asboblarpaneli”, “xossalarpaneli”, “asboblarpaneli”, “holatsatri”
tushunchalariga ta’rif berib, tushuntirish kerak. Dars davomida o‘qituvchi xossalar
paneli bilan ishlaydigan tamoyillarni (uni qanday chaqirish, yopish, kerakli
parametrlarni toppish va ularni o‘zgartirish) va holat satrini tushuntiradi.Vazifa
oldindan chop etilishi kerak.
Harqanday grafik muharriri kabi, Adobe Photoshopning vazifasi tasvirga
o‘zgartirish kiritish uchun mo‘ljallangan. Dastur tasvirga maxsus effektlarni
joylashtirish, bir tasvirning xossalarini boshqasiga o‘tkazish, matnni yaratish,
ranglarning nisbatlarini o‘zgartirish va hatto oq qora rangdagi tasvirlarga rang
qo‘shish imkonini beradi.
Photoshopquyidagiturdagitasvirlarni yaratish va tahrir qilish uchun eng
yaxshi dastur hisoblanadi:
– skanerlangan fotosuratlar;
– har qanday turdagi raqamli kameralar yordamida olingan tasvirlar;
– chegaralari noaniq bo‘lgan, soyalari bor logotip va emblemalar;
– Filtrlar va ranglarni to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus effektlar.
Ishchioynasi:AdobePhotoshopdasturinimuvaffaqiyatliishga
tushirgandanso‘ng,ekrandaishlaydiganoynapaydobo‘ladi.Kursorni “sarlavha” ga
qo‘yib rasm oynasini sichqoncha bilan sudrab ekran bo‘ylab kerakli joyga
joylashtiribolish mumkin.
Rasm oynasi: Adobe Photoshopda bir vaqtning o‘zida ko‘p rasmlarni ochishi
mumkin. Har bir tasvir alohida oynada ochiladi.
Holatsatri:Tanlangan (faol) asbob va tasvirni ko‘rsatadigan Windows
masalalar paneli ustida joylashgan.
Asboblar paneli. Turli xil asboblar bilan tugmalar mavjud.
Adobe Fhotoshop dasturida matnlar bilan ishlash mavzusini ko‘rib
chiqaylik.
1.
Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash mavzusida amaliy
mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi loyihalashtirib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |