Mavzu: Baholashda qo‘llaniladigan nazorat turlari va shakllari.
Reja:
1.
Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha baholash jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar.
2.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish usullari.
3.
O‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarini
nazorat qilish va baholash
turlari.
Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga
koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv
dasturlar asosida
hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi asosida
fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon
tarzda oʻqitiladi. Yaʼni
mavzular takroriy emas,
bir-birini mantiqan davom
ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan.
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada
erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Dastur bo‘yicha farmativ va
summativ baholashning chegaralari aniqlab berilgan.
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash):
Uyga berilgan vazifalar;
Dars paytida beriladigan topshiriqlar;
Savol-javob;
Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari;
O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish.
Samarali qo‘llanilganda, formativ baholash o‘quvchilarning
bilim olish
jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘quvchilarga:
-
ularning rivojlanishini nazorat qilish;
-
o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
-
rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalarini tuzish imkoniyatini beradi.
Shakllantiruvchi
baholash norasmiy, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish
kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud. Xulosalovchi (summativ) baholash –
ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so‘ngida erishilgan natijani rasmiy baholash.
Xulosalovchi (summativ) baholash:
❖