A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Tajribadan olingan natijalarni aniq ifodalashda quyidagi jadval beriladi



Yüklə 39,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü39,71 Kb.
#192360
1   2   3
vbEImLFkkq2cf68jYxHCrJbTjkppXxYj6EJs8fEc

Tajribadan olingan natijalarni aniq ifodalashda quyidagi jadval beriladi: 
T/r
Bajarilgan 
ishlar
Nimani ko‘rdilar va 
o‘rgandilar
Xulosa
1.
2.
3.
Bundan tashqari biologiya fanida o‘tkazilgan tajribalarning borish sxemasi, 
obyektlarning rasmilarini rasm albomga chizib borilishi ham bilim olishning 
samarali usullaridan hisoblanadi. Sababi o‘rganilayotgan o‘simliklar, hayvonlarning 
tashqi va ichki tuzilishi tasviri chizib borilsa, tasviriy xotira orqali bilimlari 
mustahkamlanishiga olib keladi. 
Laboratoriya ishlarida biologik materiallardan foydalanish talabalarda: tahlil 
qilish, taqqoslash, qiyoslash, baho berish, xulosa chiqarish, o‘z fikrini bildirish va 
uni asoslash, ma’lumotni yig‘ish, ish natijalarini turli shakllarda (xulosalar, tezislar, 
mantiqiy jadvallar va boshqalar) taqdim etish kabi o‘quv ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. Shunday ekan biologiya fanlarini o`qitishda laboratoriya 
mashg‘ulotlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi 
O‘quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish, izlanish 
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berish. Biologiya fani bo‘yicha 
o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga o‘rgatish. Tabiiy obyektlar bilan tajribalar 
o‘tkazib va ularni kuzatib, biologiya fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlaridan olingan 
bilimlarni o‘quvchilar yanada aniqlashtirib oladilar, ularni chuqurlashtirib, boyitib 
borishadi. Mavzuga doir ko‘nikma va malakalarni muntazam o‘zlashtirib borib, 
savol va topshiriqlarda o‘zini mashq qildirib, amaliy ishlari jarayonida 
bajarilayotgan tajribaviy amallarning algoritmini (ketma-ketligi) o‘rganib 
borishadi. Amaliy mashg‘ulotlarda yangi materialni o‘rganish, kuzatish, tabiiy 
obyektlardan keng foydalanish usulini tatbiq etish ko‘zda tutiladi. Bunday 
mashg‘ulotlar real bilimlarni to‘plash, amaliy malaka va ko‘nikmalarni 


shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi. Tabiiy obyektlarni kuzatish mobaynida 
o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalar va 
tavsiyalardan foydalanadilar. Odatda, qo‘llanmalarda 
ishning 
maqsadi 
mujassamlashgan, hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritilgan 
bo`ladi. Bunda qo‘llanma varaqasida qo`yilgan masala talabalar tomonidan mustaqil 
yechilishi hisobga olinib tuzilgan. Ushbu topshiriq varaqalari mashg`ulotda, amaliy 
mashg‘ulotda yakka tartibda ishlashda yoki uyda mustaqil bajarishga mo‘ljallangan. 
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, biologiya laboratoriya xonasining 
sanitariya-gigienik holatiga e’tibor berilishi lozim: havo almashinuvi, ozodaligi va 
boshqalar.
Biologiya amaliy tajribalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan asbob va jihozlar 
yuvilgan va quritilgan bo‘lishi zarur. Tajriba maqsadi va vazifasiga qarab, 
o‘quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va jihozlar tayyorlanadi. Bunda, 
laborant-assistent qo‘llanmada ko‘rsatilgan jihozlarni belgilangan miqdorlarda 
taqsimlab, muayyan tartibda tayyorlab qo‘yadi. Har bir jihozning o‘z o‘rni bo‘lishi 
lozim. Amaliy ishi o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng, barcha jihozlar joy-joyiga qo`yilishi 
kerak. Bu qoidani talabalarga singdirib borish kerak va u odat tusiga kirishiga 
erishish lozim. Biologiya amaliy mashg‘ulotlarida o‘quvchilar bajarayotgan amaliy 
tajribalari ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan amaliy 
tajribalari o‘quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda o‘zlashtirishga, fikrlash 
faoliyati va biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga, mehnat 
malakalarini o‘stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini oshirishga, borliqni to‘g‘ri 
idrok etishni shakllantirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Yüklə 39,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin