28
II BOB.
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH
7. Kanalga joylashtirilgan videolar va ular haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish hamda videolarni
o‘chirish
Video manager
bo‘limi yordamida
amalga oshiriladi
(8)
.
YouTube saytida kanalga video joylashtirish
1. Muloqotlar oynasidan
Select files
yordamida videofayl tanlanadi. Videofayl yuklangunga qadar,
Details
bo‘limi orqali video haqidagi ma’lumotlar kiritiladi
(1)
. Ushbu bo‘limda videoning nomi,
mazmuni yoziladi; mijozlarni o‘ziga jalb etuvchi belgi o‘rnatiladi, shuningdek, u
orqali yangi pleylist
ochish va videoni mavjud pleylistga biriktirish ham mumkin; video kimlarga mo‘ljallanganligi,
ya’ni uning auditoriyasi ko‘rsatiladi va shu tariqa teg, til va subtitr, tasvirga
olish vaqti va manzili,
litsenziya, kategoriya, izohlar sozlanadi.
2.
Video elements
bo‘limi orqali videoning oxiriga turli izohlar, murojaatlarni qo‘shish mumkin (
2)
.
3. Videodan foydalanish huquqlari
Visibility
bo‘limi orqali ko‘rsatiladi. Yuklangan
videoni ochiq
(Public)
, havola orqali
(Unlisted)
ko‘rish mumkin, shuningdek, uni chegaralangan
(Private)
rejimlardan biriga o‘tkazish mumkin (
3)
.
Dostları ilə paylaş: