15
4-
dars
. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
TELEGRAM TARMOG‘I
4-dars. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
TELEGRAM TARMOG‘I
Telegram
tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar almashish dasturi bo‘lib, u orqali matn,
tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va h. k.)ni jo‘natish mumkin.
Telegram
loyihasi 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Telegram
sinxron tarzda bir necha
qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon,
kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda
boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi.
Telegram
tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli
chatlarda
xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes
loyihalarni yuritish mumkin.
Chat
— ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar.
Maxfiy chat
— ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot
paytida
xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan
holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Guruhli chat
— muloqot davomida uch yoki undan
ortiq foydalanuvchilar
o‘rtasidagi yozishmalar.
Kanal
— cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin
bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari
xabarlarga izoh
berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi.
Jamoat kanali
— qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan
holda ham foydalanish
mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta
jamoat kanali yaratishi mumkin.
Botlar
— foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob
beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga
javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin.
Dastlab
telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan
biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi.
DIQQAT