13
3-
dars
. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
YOUTUBE SAYTI
3-dars. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
YOUTUBE SAYTI
YouTube, foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar
soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda
YouTube
tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan
holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.
YouTube
saytidan foydalanish uchun
www.youtube.com
rasmiy manziliga kiriladi.
ESLAB QOLING
YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus
dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin.
YouTube saytida ro‘yxatdan o‘tish
va undan foydalanish
1.
YouTube
saytida ro‘yxatdan o‘tish uchun
“Sign In”
buyrug‘ini tanlab,
Google
akkauntining login
va paroli bilan kirish mumkin
(1)
. Agar
Google
da akkaunt mavjud bo‘lmasa, u
holda
“Create
account”
buyrug‘i orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
2.
“Home”
bo‘limi orqali saytning bosh sahifasiga o‘tish mumkin
(2)
.
3.
“Trending”
bo‘limida ayni vaqtda eng mashhur videoroliklarni ko‘rish mumkin
(3)
.
4. Qidiruv maydoni orqali tarmoqda mavjud videoroliklarni qidirish mumkin. Buning
uchun kalit
so‘z maydonga kiritiladi va qidiruv tugmachasi bosiladi
(4)
.
“History”
bo‘limi orqali tarmoqda ko‘rilgan videoroliklar tarixini ko‘rib chiqish mumkin
(5)
.
YouTube
katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan
professional
videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish
mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin.
YouTube sayti Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan
amalga oshirilgan loyiha
bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan.
DIQQAT