Noldan boshlangan ta’limni noldan tugatish kerakmi? Samarqand viloyat Urgut tuman Tegana mahallasi 81- umumta`lim maktabining



Yüklə 24,45 Kb.
tarix15.12.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#180639
Odilova Nigina G’ulom qizi


NOLDAN BOSHLANGAN TA’LIMNI NOLDAN TUGATISH KERAKMI?
Samarqand viloyat Urgut tuman Tegana mahallasi
81- umumta`lim maktabining
ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi
Odilova Nigina G’ulom qizi
Annotatsiya: Bino qurilayotganda, avvalo, poydevorga asosiy e`tibor qaratiladi. Negaki, bino qay darajada salobatli, serhasham bo`lmasin, uning egasiga xizmat ko`rsatish muddati, poydevorning mustahkam qo`yilgani bilan bog`liq, agar poydevor mo’rt bo`lsa, yillar o`tib, nurab, u uchun sarflangan mablag`ni, vaqtni, mehnatni ham chippakka chiqarishi hech gap emas. Maktab ta`limidagi o`quvchilarning boshlang`ich sinfda olgan bilim darajasini poydevor bilan solishtirishimiz mumkin.
Kalit so’zlar: ta’lim, sifat, o’quvchi va o’qituvchi, boshlang’ich sinf.
O`z vaqtida mustahkam berilmagan bilim, yillar o`tib, mustahkam qo`yilmagan poydevor singari, o`zining besamar natijasini ko`rsatadi. Hozirda ayrim maktablarda, maktabdagi boshlang`ich ta`limda bir sinfga 30-35 nafar o`quvchi to`g`ri kelmoqda. Ba`zi maktablarda bu holat, mutahasis kadrlarning yetishmaslik natijasida yuzaga kelgan deyishimiz mumkin. Lekin ba`zilarning ongida 33 ta o`quvchiga to`liqroq oylik maoshi chiqadi degan mulohazalar ham yo`q emas. Endi oliy ma`lumotli, malakali, tajribali o`qutuvchi ham 20 ta borinki, 25 ta o`quvchini savodli qilib, yetishtirib bera olishi mumkin. Huddi shunday boshlang`ich sinfda o`quvchilar soni 30-33 ta bo`lganda-chi? Shu holatda kamida 5 ta o`quvchi aniqroq aytadigan bo`lsak 6-7 nafar o`quvchi savodsiz 5-sinfga o`tmoqda. O`z-o`zidan ma`lumki, yuqori sinfda fanlar tamoman boshlang`ich ta`limdan farqlanadi, bunda har bir fan o`quvchisi o`z fani bo`yicha bilim va ko`nikma berishni bo`yniga oladi. Shu holatda o`sha 6-7 nafar yuz-xotir qilib na yozishni, na o`qishni bilmay, 5-sinfga o`tgan bolaga fan o`qituvchisi o`z fanini o`rgatadimi? Yoki bolaning boshlang`ich ta`limda yakunlanmay qolgan bilimlarni shakllantirishga vaqt sarflaydimi? Ayni vaqtda qayerga bormang, qaysi yig`ilishga bosh suqmang, umumta`lim maktablarida bitiruvchilarning oliy ta`limga kira olmaganliklari bilan bog`liq muhokamalarga duch kelasiz. Hammaning dunyo qarashi bo`lganidek, kimdur bu holatga ta`limni samarasiz yakunlanganligini sabab qilib ko`rsatadi,kimdur esa oliy ta`limdagi testlarning murakkab tuzilganligidan shikoyat qiladi. Bu kalavaning o`rtasini ushlab ikki tomonga tortishga harakat qilish bilan bog`liq holatni yodimizga soladi, chunki muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan turib, uni hal qilishning o`zi muammo aslida. Ta`lim-bu zanjir. Ayni oliy ta`lim bilan bog`liq masalaning yechimi maktab ta`limi bilan bog`liq emasmi. Bu bilan men bolaning 5-sinfdan to 11-sinfgacha bo`lgan nunoqliklarida, faqat boshlang`ich sinf o`qituvchilarni ayblamoqchi emasman. Lekin kalavaning uchi - boshlang`ich ta`lim bilan bog`liqligicha qolmoqda. Ayrim tengdoshlarim bilan suhbatda shunga guvoh bo`ldimki, ular o`qishi davomida amalyot o`tqazgan maktabida, o`quvchilar soni 15 ko`pi bilan 17 nafarni tashkil qilar ekan. Dars uchun berilgan vaqt davomida ular o`tgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni tushuntirish uchun bemalol vaqtlari yetishini izohlashdi, bizdachi 30 nafar o`quvchini hammasi darsda qatnashishi uchun musobaqa tarzida dars o`tsangiz ham ulardan faqat 15-25 nafari darsda faol, aniqroqi, o`rta-miyona qatnashishiga shohid bo`lamiz. O`sha boshlang`ich ta`limda oqsab qolgan 6-7 nafar o`quvchi bizning xonadan ham nafas olib, ha, bor yo`g`i nafas olib chiqib ketayabdi. Uyga borgandan so`ng kimdir undan nimani o`rganding deb surasa-ku mayli-ya suramasa… Yana bu yerda ota-onaning ta`limga nisbatan qarashlari past ekani ham nomoyon bo`ladi, chunki ta`lim ota-ona hamkorlikda amalga oshiriladigan jarayon. Ota-onaning e`tiborsizligi bu barchani qamrab olmaydi, sababi, farzandini kelajakda yaxshi bir kasbning boshini tutishini istovchilar ham yo`q emas. Shu kabilarning harakati bilan sinfni ko`tarib turgan bolalar ham bor. Demak yuqoridagi oqsashga har ikki tomonning ham hissasi “beqiyos”. Qo`limizdagi jurnal sahifalarini ochganimizda 40 ta gacha o`quvchini ism-familyasini kiritish uchun ajratilgan joyini ko`ramiz, bu degani shu darajada o`quvchi qabul qilishni ‘’yuqori’’dagilar ham yo`qlaganmi? deb o`yga cho`masan kishi, suhbatlarda esa majburiyatda shunday bulishi mumkin… Ma`nosidagi gaplar qulog`ingizga chalinadi, shu paytda, ushbu majburiyatda o`quvchining nima aybi bor degan savol tug`iladi. Masalaning yana bir tomoni bor, bu ham bo`lsa boshlang`ich ta`limni ishtiyoq bilan tugatib, yuqori sinfda bilimimni yanada mustahkamlayman degan bola - ota-onasing orqasidan tanka surub bir moshinaning puliga o`qishga kirib o`sha o`qishni ham “qistir-qistir” bilan tugatgan bo`lsa-yu, hali vaqt bor, maktab pragrammasi oson kasbga doir bilimimni bolalarga dars birish jarayonida o’rganib olamanda… deb maktab ostonasiga mutahasis yetishmasligi tufayli “topilmas mato” singari kirib kelgan o`qituvchining qo’liga tushsa, bilim darajasi “0”ga quruq siyosat darajasi “100” da yuradigan o`qituvchi o`sha qiziquvchan, talabchan o`quvchiga nima bera oladi? Aynan ba`zilarga arzimasdek ko`ringan bu masala tanganing ikkinchi tomoni aslida! Ha aynan talabchan, bilimga chanqoq o`quvchi shunday past saviyada o`tilgan darslarda bilimini davom etirayotgan bir holatda, hu, o`sha hikoyamiz boshida na yozishni, na o`qishni biladigan bola, 11-sinfgacha bo`lgan ta`limini “sen menga indama, men senga indamayman” tarzda imi-jimida yakunlab qo`ya qolayapdi. Uning bo`shlang`ich ta`limda “0” dan boshlanib, tugallanmay qolgan ko`nikmasi, maktab ta`limini so`ngi bosqichida ham “0” da tugayotgani na o`qituvchini, va yoyinki, ota-onani qiziqtiradi, chunki boshqarish qobilyati yo`q, salohiyatsiz pedagog “bezor” qilib tashlagan o`quvchidan qutilayotganiga xursand bo`lsa, qoloq ota-ona esa, ularning nazarida bekordan bekorga maktabga borib, qaytib kelayotgan bolasining o`qishini yakunlaganidan, qaysi yo`l bilan bo`lsa ham uyga ozgina “mullajiring” topib kelishdan xursand. Mana sizga oiladagi ongi pastlik ma`naviyatsizlikning bir ko`rinishi. Bularning barchasi shaxsiy fikrim, albatta. Hozirgi kecha-kunduzda ta`lim siyosat darajasiga ko`tarildi. O`qituvchiga nisbatan e`tibor shu bilan birga nazorat ham kuchaydi. Har bir fan o`quvchisidan diktant, insho, qaysi fan doirasida faoliyat yuritsa, o`sha fan yuzasidan testlar olinib, bilib darajasi tekshirilmoqda. Qalovini topsang qor ham yonadi deganlaridek, aynan shu tekshiruvlar gohida korrupsiya bilan birgalikda olib borilayotgandek. Ayni shu holatda korrupsiya natijasida, maktabda o`z faoliyatini qo`l uchida bajarayotgan pedagogning, maktab atalmish buyuk dargohga, ta`lim berish yoki faqat oylik maosh olish uchun kelibketmayotganiga kim kafolat beradi. Qadimgilarda shunday gap bor: “baliq boshdan sasiydi”. Endi shu boshidan sasigan baliqning bir uchini maktab o`quvchilari ko`rko`rona tishlab qo`ymayabdimi? Axir 7-8 yashar bola pedagogning bilim darajasini aniqlash xususiyatiga ega emasku, shunday ekan har bir mas`ul, har pedagog, borinki, ota-ona rahbariyat ham qabul jarayonida 30-33 ta o`quvchini bir sinfga “o`rgansa bo`ldi” tamoyili asosida joylashtiraverar ekan, o`rta ta`lim, oliy ta`limdagi chigalliklar, burchga mas`ulyat bilan yondoshmaslik muammolari, jamiyatda boshsiz chavondoz singari kezib yuraveradi.
Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin