Morfologiya. Yordamchi va alohida olingan so’zlar
1.
Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz. Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan so‘zlarning turkumini aniqlang. 1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.
A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 6 С) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 2 2. Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, m o‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
3. Balki, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg'onib ketasiz. Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan birliklarning turkumini aniqlang. 1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.
A) 2, 3, 5 В) 1, 3, 4 C) 3, 6 D) 2, 6
4. Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq.
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 5, 6 С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4, 5
5. Quyida berilganlardan qaysilari vazifadosh modal so‘z bo‘la oladi? 1) shubhasiz; 2) koshki; 3) aftidan; 4) chamasi; 5) shekilli; 6) ehtimol; 7) xullas.
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 4, 6
C) 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 7
6. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi? 1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar.
A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6
C) 1, 2, 4, 7 D) 2, 3, 5, 7
7. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang. 1) ko‘ra; 2) buyon; 3) tomon; 4) qaramay; 5) boshlab; 6) ko‘rib; 7) qadar.
A) 2, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 4, 5, 7 ; D) 1, 3, 4
8. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi ismga qo‘shilib kelgan ko‘makchi qatnashgan?
A) Yomonlarning qoshida yalinish mardning ishi emas.
B) Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig‘ sarg‘aygan edi.
C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
D) To‘g‘ri so‘z o‘zining egasini najot sari yetaklaydi.
9. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Qorong‘ilik quyuqlasha borar, ko‘kdagi yulduzlar ham yorqinroq chaqnar edi.
B) Bitmas-tuganmas bilim tagida mashaqqatli mehnat yotadi.
C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
D) Har bir ona singari Halima opa ham o‘z jigarining baxtli bo‘lishini istardi.
10. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi so‘zga qo‘shilib kelgan ko‘makchi qatnashgan?
A) Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig‘ sarg‘aygan edi.
B) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
C) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach, hammamiz yo‘lga otlandik. D)
Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.
11. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) 0 ‘rtancha botir voqeani aytib, nishona uchun tasmani o‘rtaga tashladi.
B) Qish o‘tib, yana Samarqand tomon yo‘limiz tushdi.
C) «Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar ishi emas», - dedi shunda otam.
D) Ertalabki choydan keyin biroz hangomalashgach, hammamiz yo‘lga otlandik. 12. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo‘l oldilar.
B) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o‘qidi.
C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi.
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.
13. Bilimdonlikning sir-и asrori g‘ayrat hamda matonat bilan o ‘qish va o‘rganishdadir. Ushbu gapdagi yordamchi so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Gapda 2 ta vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan.
B) Gapda 2 ta ko‘makchi ishtirok etgan.
C) Gapda faqat bog‘lovchilar ishtirok etgan. D) Gapda ko‘makchi va bog‘lovchilar ishtirok etgan.
14. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A) To‘satdan eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi.
B) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, ko‘plab savollarga javob berolmadi.
C) Oyim gapiryaptilar-u, mening ko‘zlarim Kimsan akamda.
D) Eh do‘stim, umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar. 15. Qaysi javobda ayiruv bog‘lovchisi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashga xizmat qilmagan?
A) Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging?
B) Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangraydi, dam hind qo‘shiqlari ijro etiladi.
C) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinardi, ba’zan itning akillashi eshitilardi. D) Nuri goh sevinib, goh ma’yus holda o ‘ y la r girdobiga botardi.
16. Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Oh, qanday go‘zal bu olam!
B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi?
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni.
D) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi?
17. Qaysi javobdagi gapda aniqlovchi vazifasida kelgan tovushga taqlidni bildirgan so‘z qo‘llangan?
A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
B) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim. C) Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq urardi. D) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
18. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so‘z qatnashgan?
A) Jimirlab oqayotgan suvga tikilib xayollarga berildi.
B) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotgandek bo‘lardi.
C) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar tunga o‘zgacha shukuh berardi.
D) Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, Guljonim,
asaling ber, sog‘indim-ku! .
19. Qaysi gapda quvonch ma’nosini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan?
A) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
B) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning davomchilar imiz.
C) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir.
D) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir.
20. Qaysi gapda achinish mazmunini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan?
A) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimizdir, albatta.
B) Afsuski, besh qo‘l barobar emas.
C) Masalan, o‘zbeklar va qozoqlar tarjimonsiz ham bir-birlarini tushuna oladi.
D) Balki, ustoz Oybekdek to‘lib, yozajaksan yangi bir doston.
21. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir turkumiga oid birliklar ishtirok etgan?
A) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l.
B) E’tibor berganmisiz yoki yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do‘stiningiz bor.
C) Ma’naviyat ham insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o‘giti bilan singadi.
D) Kun botgan, biroq hali atrof yorug‘ edi-da!
22. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir turkumiga oid birlik ishtirok etgan?
A) Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardan mahorat bilan foydalangan.
B) Axir, men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim kerak edi-da ...
C) Bir kuni tongda to‘satdan bahor jarchilari, ya’ni qaldirg‘ochlar ham paydo bo‘lishibdi.
D) Ba’zan o‘zing bilan ovora bo‘lib, kunning qanday o‘tganini ham bilmay qolasan.
23. Qaysi javobda faqat vazifadosh ko‘makchilar berilgan?
A) sababli, sari, bo‘ylab, qarab, uchun
B) to‘g‘risida, qarshi, qadar, kabi, ost
C) ko‘ra, deb, avval, boshqa, ilgari
D) keyin, sayin, boshida, maqsadida, uzra
24. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A) Biz o‘sha o‘yinlarda
faqat jismonan emas, balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz. B) Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug‘, lekin ko‘ngildagi ravshanlik undan ham ortiq. C) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi?
D) Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo‘nadim.
25. Qaysi gapda biriktiruv bog‘lovchisi qatnashgan?
A) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi.
B) Shundan so‘ng ishlarim yurishib ketdi ham yerim yonimga qoldi.
C) Qish kirib keldi-yu, kunlar sovimadi.
D) Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga urar.
26. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan?
A) Nuqtadan bir qush uchar, g o ‘ y o k i behush uchar.
B) Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab buyuk kishilar ishlab ketganlar.
C) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
D) Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!
27. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro'yobbga chiqarishiga ko‘ra turli guruhga oid bo‘lgan teng bog‘lovchilar qatnashgan?
A) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin hosil yetkaza bilish ham san’atdir.
B) Oqmoya ozg‘in va chayir, oyoqlari uzundan kelgan, qarilig-u og‘ir yukdan hali toliqmagan bebaho tuya edi.
C) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.
D) Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, odam ming yil yashagan bo‘lardi.
28. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchisi qatnashgan?
A) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi?
B) Shuncha harakat qildi-yu, biror natijaga erisha olmadi.
C) 0 ‘sha kuni qo‘liga
chelakni oldi-yu, anhor tomon yo‘l soldi.
D) U bir narsa demoqchiday og‘iz juftladiyu, hayajonlanganidan gapirolmay qoldi.
29. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida qo‘llaioladigan fe’l turkumiga mansub so‘zlar keltirilgan?
A) avval, boshlab B) doir, uchun
C) bo‘ylab, qarab D) o‘zga, muvofiq
30. Qaysi javobda modal, undov va taqlid so‘zlarning har biriga misol berilgan?
A) qars-qurs, kisht, dod
B) yilt-yilt, shekilli, albatta
C) dag‘-dag‘, g‘a-g‘a, haqiqatan
D) oh, g‘iyq, avvalambor
31. Salimjon - nihoyatda ziyrak, keng mushohadali, qiziquvchan, uquvli,
bilimtchanqoq bola, shu fazilatlari bilan и maktabda ham hurmatga sazovor. Ushbu qo‘shma gapdagi yordamchi so‘zlaisonini aniqlang.
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta
32. Qaysi javobda faqat teng boglovchilar berilgan?
A) bir ... bir, va, toki, ya’ni
B) lekin, yoki, goh...goh, hamda
C) chunki, ammo, hamda, na ... na
D) bilan, yo ... yo, na ... na, agar
8. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sababsiz kulgi yomon tarbiya natijasidir. B) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi.
C) Ezgulik yo‘lida qilingan yaxshilik umrga sayqal beradi.
D) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi.
9. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Dilozordan Xudo bezor.
B) U kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g‘ijinar edi.
C) Serdaraxt o‘rmonni suv olmas.
D) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘ urmayapti.
10. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) U kuyovining bu qiliqlariga ichida g‘ijinar edi.
B) Ko‘ksim tog‘ etgan - Vatan sevgisi.
C) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘urmayapti.
D) Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka yaraydi.
11. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
12. Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltirishi mumkin.
B) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
C) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, - sira to‘xtamas edi.
D) Do‘stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar.
13. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
B) Men o‘zimni kulgidan to‘xtata olmadim.
C) Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.
D) Kitob mutolaasi inson tafakkurini rivojlantiradi.
14. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi; 3) ta’sirli so‘zlamoq; 4) tuyg‘ularni his qilish; 5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik.
A) 1, 4, 5 В) 1, 3, 5 С) 1, 2, 4 D) 2, 3, 4
15. Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) qat’iy ishonch; 2) jadal rivojlanmoq; 3) o‘tkir o‘roq; 4) aniq fikrlash; 5) gul taqdim etmoq.
A) 2, 3, 4 В) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4
16. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) chiroyli gapirmoq; 2) tez harakatlanmoq; 3) bilimdon o‘quvchi; 4) ta’sirli so‘zlamoq; 5) kitobxonlar ishtiroki.
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 5 С) 1, 3, 4 D) 3, 4, 5
17. Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, и hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) 4 ta boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan. B) Faqat bitta bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Faqat bitta otli so‘z birikmasi mavjud.
D) 4 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
18. Yulduzni benarvon uradigan bunday odamlardan hayiqish kerak. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta
19. Hayotjon G ‘ulomjonning mardligiga,
chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta
20. Hayotjon yosh G ‘ulomjonning mardligi, chidamliligi va sabriga qoyil qoldi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 3 ta.
B) Qaratqich aniqlovchiga tobelangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan.
C) Moslashuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta.
D) Uyushiq bo‘laklarga tobelang; qaratqich aniqlovchi qatnashgau.
21. Bizning o‘qituvchimiz o‘quvchilarni ham, nevaralarini ham, o‘g‘il-qizlarini ham - barchani sizlab gapirar edilar. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 8 ta D) 7 ta
22. Shuni bilginki, uztozingdan eshitmagan o‘gitlarni kitobdan bilib olishing mumkin. Ushbu qo‘shma gapda nechta so‘z birikmasi qatnashgan?
A) 4 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta
23. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.
A) qarzini uzmoq, diqqatini bo‘lmoq
B) qattiq ranjimoq, kitob o‘qimoq
C) daraxtning ko‘zi, bolaning tishi
D) shirali ovoz, po‘lat iroda
24. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.
A) siquv ostida yashamoq, uyga bormoq
B) yengil kuy, achchiq so‘z
C) samolyotning dumi,
rubobning qorni
D) og‘ir xo‘rsinmoq, sayoz fikrlamoq
25. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bitishuvli birikmalarni aniqlang.
A) yengil jarohat, siquv ostida
B) og‘ir xo‘rsinmoq, o‘ynoqi shabada
C) uyg‘ongan_ mehr, issiq suv
D) masala yechmoq, gap sotmoq
26. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan moslashuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) qizaloqlarning aqllisi, xonalarning kattarog‘i
B) o‘quvchilarning bilimdoni, qo‘shiqchining kuylashi
C) serg‘ayrat ishchi, rasmlarning chiroylisi
D) do‘stlikni qadrlamoq,
ishlashni boshlamoq
27. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) umidsizlik tuyg‘usi, kasbdoshingiz yutug‘i B) halol yashamoq, zavqli mehnat
C) chiroyli gapirmoq, ishchan o‘qituvchi
D) do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq 28. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan fe’lli so‘z birikmalarini aniqlang.
A) sovuq xabar, achchiq haqiqat
B) qarzini uzmoq, diqqatinr bo‘lmoq
C) mayin kuylamoq, she’r o‘qimoq
D) qattiq ranjimoq, shirin gapirmoq
29. Otaxon yuz-qo‘llarini yuvdi va uni havas bilan kuzatayotgan yosh yigitga yuzlandi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
30. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan moslashuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) ishchilarning uquvlisi,
ishtirokchilar bilimdoni
B) qizaloqlarning aqllisi, xonalarning kattarog‘i
C) rasmlarning chiroylisi, serg‘ayrat o‘qituvchi
D) do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq 31. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? A) Oshiq yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi.
B) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘ydi va mehmonlar bilan ko‘risha ketdi.
C) «Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay», - dedi zavqi oshib.
D) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi.
32. Qaysi gapda tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari uchraydi?
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.
B) Hosildorlikni oshirish uchun yerga o‘g‘it tashlandi.
C) U kitobxonlar tanlovining faol ishtirokchilaridan biri edi.
D) Layloning vafotidan keyin men ularning • oilasiga qattiq bog‘langan edim.
33. Keksa bog'bonni hamma o ‘quvchilar hurmat qilishadi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari mavjud. B) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi mavjud.
D) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan.
34. Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o ‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim, chunki menda unga havas uyg‘ongan. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida nechta tobe bog‘lanish mavjud?
A) 7 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 8 ta
35. U o‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to‘lqinlanib gapirdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda 3 ta aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan.
B) Ushbu gapda 2 ta holli so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Ushbu gapda 4 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan.
D) Ushbu gapda 4 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan
36. U o‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to‘lqinlanib gapirdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Otli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari moslashuv va bitishuv usulida birikkan.
B) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari faqat bitishuv usulida birikkan.
C) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
D) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe qismlari faqat hoi vazifasini bajargan.
37. Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki, mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g'ov bo‘la olmaydi. Qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta