A ega, hol b ega, to‘ldiruvchi



Yüklə 34,69 Kb.
səhifə1/2
tarix01.10.2023
ölçüsü34,69 Kb.
#151353
  1   2

55. Men doirn o‘zimni o'zim tergayman: «Maslahatlarim yetarlicha to‘g‘rimikin? Do‘stlarimga yetarlicha sadoqatlimanmi?» Mazkur parchadagi otlar qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
A) ega, hol B) ega, to‘ldiruvchi
C) to‘ldiruvchi, kesim
D) ega, aniqlovchi
56. Qaysi javobda yasama holat ravishi bilan ifodalangan hoi qatnashgan?
A) Choi va kampir amallab uyga yetib olishibdi.
B) U o‘z xatti-harakati va fidokorona mehnati bilan xalqqa tanilgan.
C) Do‘stona yig‘inlar ham munosabatlarni mustahkamlab turuvchi vositalardan biridir.
D) U barcha qiyinchiliklarni mardlarcha yengib o‘tdi.
57. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan yasama narsa oti qatnashgan?
A) Kissasida yarimta o‘chirg‘ichi va kecha ochgan qalami bor ekan.
B) G‘ildiraklarning bir maromda taraqlab, tebranishidan ko‘zim ilinibdi.
C) Qovurdoq antiqa bo‘lgan ekan, ochig‘ini aytsam, bunaqa shirin go‘shtni umrimda yemagan edim.
D) Eshikni ochishim bilan dadam qolidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab yubordi.
58. Qaysi gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qo‘llangan?
A) Giloslar ostidagi panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan yog‘och karavotda uxlab yotardi.
B) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
C) Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindiribdi.
D) Shamol toy ekan, kuchga boy ekan, yengil ko‘charkan, ko‘kka ucharkan.
59. Qaysi gapda aniq va o‘zlik nisbatdagi fe’l] qatnashgan?
A) Ular yashikdagi shaftolining ezilganla ajratib bolalarga berishdi.
B) Qor qalin yog‘ayotgani uchun atrof zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
C) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.
D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan
60. Qaysi gapda majhul nisbatdagi va birgalil nisbatidagi fe’llar qatnashgan?
A) Ozoda gilamlar to‘shalgan past-balan( chorpoyalar ustida odamlar choy ichishi ish yuzasidan maslahat qilishadi.
B) Botayotgan quyoshning horg‘in nuri qorli tog‘ cho‘qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan bulutni bir lab qizartirdi-da, so‘ndi.
C) Ko‘zni quvnatadigan gulzor yonidagi yam-yashil daraxt tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida miriqib dam olish mumkin.
D) Bolalar uni yaxshi ko‘rishib, unga yordam berishibdi.
61. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan?
A) Biror mamlakatda jabr-zulm, fisq-faso kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyos bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozin
B) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi.
C) Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab yurgan bolalarga berdim.
D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan
62. Quyida berilgan qaysi fe’llarning asosida ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi nisbat qo‘shimchasi ta’sirida o‘zgargan? 1) ko‘rsatmoq; 2) ajratmoq; 3) qiynalmoq; 4) o‘qitmoq; 5) tomizmoq; 6) supurishmoq
A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 5 С) 1, 4, 5, 6 D) 1, 4, 6
63. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap boiagi vazifasini bajargan?
A) Tog‘am - tajribali shifokor. Ular ko‘p insonlarning hayotini saqlab qolganlar.
B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir.
C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi.
D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.
64. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan.
B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan.
C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rin-joy otlariga mansub.
65. Qaysi gapda ega vazifasida kelgan belgilash olmoshi qatnashgan?
A) Agar otaxon guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar qalqib turardi va to o‘tib ketguncha ta’zim qilardi.
B) Har birining navkarlari o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan . og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar.
C) Shu tariqa hech kim hech qachon adashib ketmas, hamma ishtirokchilar sahnaga o‘z vaqtida chiqardi.
D) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
66. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush orttirilishi kuzatiladi.
B) So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo'shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik olmoshlari hisoblanadi.
C) To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi.
D) Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. Ayrim kishilik olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush tushishi kuzatiladi.
67. Qaysi javobda o‘zaro bir xil turkumga oid so‘zlar bilan ifodalangan uyushiq ravish holi qatnashgan?
A) U hayajon bilan, tez-tez, bo‘g‘ilib so‘zlar edi.
B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
C) Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq soldi.
D) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi.
68. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan?
A) Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz.
B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali bo‘lishni o‘rgandim.
C) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.
D) Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.
69. Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki, mislsiz xazinasi. Ulardan har birimiz foydalanishimiz, aqlimizni xohlaganimizcha ularning dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz mumkin. Ushbu parchada qatnashgan olmoshlarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu parchadagi olmoshlarning to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga ishora qilishi kuzatiladi.
B) Ushbu parchadagi olmoshlar to‘ldiruvchi va hoi vazifasini bajargan.
C) Ushbu parchadagi olmoshlarning barchasi tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oiddir.
D) Ushbu parchadagi olmoshlar olmoshning ikki ma’noviy turiga oiddir.
70. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan.
B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir.
C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan.
71. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so'rabdilar. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
B) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar sanaladi. D) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan.
72. Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, Viqor-la o ‘shshaygan qoya labida. Ushbu she’riy parchada qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
B) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining to‘rt turi qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda yasama fe’llar sanaladi.
73. U giloslar ostiga qo‘yilgan panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta yog‘och karavotda yonboshlab o'tirar edi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining faqat bir turi qatnashgan.
B) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda yasama fe’llar sanaladi.
74. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham и hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub fe’llar sanaladi.
D) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turigagina oid fe’llar qatnashgan.
75. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham и hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishda fe’lning fe’lga bog‘lanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar tobe bog‘lanishlarda faqat hokim qism vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda fe’lning otga bog‘lanishi kuzatiladi.
76. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum otlar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida yasama otlar hokim qism va tobe qism vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda tub va yasama otlarning qatnashishi kuzatiladi.
77. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid hisoblanadi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan ot qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
78. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ot turkumidan yasalgan asliy sifat ishtirok etgan.
B) Tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
C) Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan yasama sifat ishtirok etgan.
D) Kesim vazifasini bajargan sifatlar ishtirok etgan.
79. Hayot go'zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) Asliy va nisbiy yasama sifatlar ishtirok etgan.
B) Tub sifatlar tobe bog‘lanishlarda faqat hokim qism vazifasida qo‘llangan.
C) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan. D) Ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida qo‘llangan nisbiy sifat ishtirok etgan.
80. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko'ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
B) Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok etgan.
C) Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok etgan.
D) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan. 81. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? A) 0 ‘ym-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.
B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.
C) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada televideniyeda chiqar edi.
D) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.
82. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ко‘т-ко‘к, sariq gullar o‘sib yotardi. Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini bajargan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid. 83. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan?
A) « 0 ‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga chiqaylik», - dedi u.
B) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa qiynalmay yetib olardik.
C) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin.
D) «Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay», - dedi zavqi oshib.
84. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash maroqli. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga qo‘shilishi kuzatiladi.
B) Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga qo‘shilishi kuzatiladi.
D) Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan. 85. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan bolakay sekingina ichkariga kirdi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli turkumga oid bo‘la oladigan kesim vazifasidagi fe’l qatnashgan.
B) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan.
C) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi vazifasidagi ot qatnashgan.
D) Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la oladigan sifatdosh qatnashgan.
86. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan.
B) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan.
C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan.
D) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan.
87. «Institutni bitirgan yilim meni aspiranturaga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim», - deb so‘zini davom ettirdi и biroz o'ylangandan so‘ng. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda.
B) Sof fe’llarning faqat 2 tasi xabar maylidagi fe’l sanaladi.
C) 0‘timli fe’llarning 1 tasi birgalik nisbatida. D) 1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l qatnashgan.
88. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o'ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Kesim vazifasida kelgan fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
C) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
D) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan.

Yüklə 34,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin