Xalq qo'shiqlari



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/3
tarix08.01.2023
ölçüsü77 Kb.
#78748
  1   2   3
XAlq qoshiqlari


Xalq qo'shiqlari


Inson kayfiyati hayotidagi vaziyatlar ta’sirida o’zgarib turadi. Ob-havo, ona tabiatdagi fasl o’zgarishlari, oiladagi munosabatlar, do’stlarning totuvligi, hatto, notanish odamning bir og’iz so’zi sizning kayfiyatingizni ko’taradi yoki tushiradi. Xursand bo’lgan paytingizda sho’x qo’shiq aytgingiz, raqsga tushgingiz keladi. Noxush damlarda ko’proq jim turib xayol surishni ma’qul ko’rasiz. Bunday daqiqalarda mungli kuy ham sizga tasalli beradi, og’riingizni bir oz yengil qilganday bo’ladi. Ana shunday holat bizning qalbimizda lirik kechinmalarning paydo bo’lishi uchun zamin tayyorlaydi: qo’shiq yaratishga sabab bo’ladi . Haqiqiy she’r faqat chuqur ehtiroslar, favqulodda ro’y bergan va inson ruhiga ta’sir ko’rsatgan turmush lavhalari ta’sirida yaratiladi. Bu asarlar ichki kechinmalarga boy bo’ladi. Shuning uchun ular she’riy yoki nasriy shaklda yozilishidan qat’i nazar lirika namunasi deb ataladi. Shunday qilib, atrofda ro’y berayotgan voqea - hodisalarga nisbatan ichki his- tuyg’ular vositasida munosabat bildirgan asarlar lirika atamasi bilan yuritiladi. Bu so’z aslida, “lira”- Yunonistondagi qadimiy musiqa asbob nomidan olingan bo’lib, his-tuyg’u, ichki hayajon bilan bog’liqlik ramzi sifatida tushunilgan.
Xalq og’zaki ijodidagi qo’shiqlar ham lirik asarlardir. Chunki ularda insonning ichki his- tuyg’ulari, kechinmalari aks etadi.
Qo’shiq Mahmud Koshg’arining “Devonu lug’otit turk” (1074) asarida, “qo’shug’” shaklida uchraydi va she’r, qasida ( biron kimsa yoki narsaga atalgan she’r) ma’nosini anglatadi.
Qadim zamonlarda “shlok”, “takshut”, “ir” (yir), “kuch” kabi atamalarning ham nazm, she’r, ya’ni ma’lum darajada qo’shiq janriga aloqasi bo’lgan.
Qo’shiq haqida ma’lumot berilgan hamma adabiyotlarda “qo’shmoq” fe’lidan hosil bo’lgani aytiladi. Qo’shiq atamasining kelib chiqishi qanchayin sodda tuyulmasin, og’zaki ijodimizdagi bu janr juda murakkab ruhiy kechinmalarni ifodalashga xizmat qiladi. Qo’shiqlarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.Unda inson kechinmalari, quvonch va iztiroblari, qalb so’zlari aks etadi.
2.Qo’shiq shaklan she’riy tarzda bo’ladi. O'zbek xalq qo’shiqlari asosan barmoq vaznida, ba’zan aruzda yaratiladi.
3.Ko’pincha xalq qo’shiqlari to’rt misradan iborat bo’lib, tugal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega bo’ladi. Shuningdek, bir necha bandlardan iborat biron mavzuga bag’ishlangan qo’shiqlar ham bo’lishi mumkin. Ayni choqda 6, 8 misrali namunalar ham uchraydi. Ular abab yoki aabb; vvgg; to’rt misralilar esa aaab; abab, aaaa; aabb va boshqacha ko’rinishda qofiyalanadi.
4.Qo’shiqning kuyi bo’ladi va ana shu kuy jo’rligida ijro etiladi.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin