Al-gebra tarixi, yoki Al-Xorazmiy kim bo'lgan Ko’pchilik vatandoshlarimiz "al-Jabr"ning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug’ilganini aniq bilmaydilar



Yüklə 20,42 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü20,42 Kb.
#111518
aL-xORAZMIY-2


AL-XORAZMIY


Al-gebra tarixi, yoki Al-Xorazmiy kim bo'lgan Ko’pchilik vatandoshlarimiz "al-Jabr"ning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug’ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo’lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo’lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa, fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo’lib tanilgan ulug’ yurtdoshimiz topib bergan. “AL-JABR” qanday tug’ilgan? Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Bill Klintonning rafiqasi, katta jamoat arbobi Hillari Klinton xonim O’zbekistonga do’stona tashrifi chog’ida ko’hna fan va madaniyat markazi bo’lmish diyorimiz haqida maftuniy lutf aytarkan, avvalo matematika tug’ilgan mamlakatga kelganidan behad shod ekanini to’lqinlanib gapirgan edi. Keyinchalik kishilarimiz bilan bo’lgan o’zaro muloqotda "al-Jabr" qanday paydo bo’lgani bilan qiziqqan edi. Ko’pchilik vatandoshlarimiz "al-Jabr"ning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug’ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo’lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo’lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa, fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo’lib tanilgan ulug’ yurtdoshimiz topib bergan. Bu mo’'jiza qanday yaralgan? Uning tafsiloti mana bunday: To’qqiz yuzinchi yillarning boshlarida Arab xalifasi - podshosi Xorun ar-Rashid Eron va Xurosonga tayanib ish tutsa-da, u viloyatlarning xalqlaridan shubhalanib yurar va o’zining vaziri Ja'far ibn Yahyoni ularga yon bosuvchi shaxs deb bilardi. Bul vazirdan arab akobirlari ham norozi edilar. Xorun arzimagan bir bahona topib, Ja'farni saroydan qaydadityu, ari uyasini qo’zg’ab yuborganday bo’ldi. Eron va Xurosonda norozilik qo’zg’alonlari ko’tarildi. Ularni bostirish oson ish emasdi. O’ylab-o’ylab bu mushkul vazifani dono va tadbirli farzandi – o’zining eroniy joriyasidan bo’lgan to’ng’ich o’g’li Ma'munni Sharqiy viloyatlarga katta huquqlar bilan hokim qilib yubordi. Marv shahrida qarorgoh qilgan Ma'mun otasidan o’zgacha dono va xalqchil siyosat tutib, xalqni, eng avvalo, uning fuzalolari, olimlari, donolarini o’z atrofiga tortdi, ularga va aholiga katta imtiyozlar berdi. Olimlar orasida yoshgina Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ham bor edi. Al-Xorazmiy Ma'munning e'tiborini tortdi. U yosh olimni matematika va astronomiyaga oid kitoblar yig’ib kelish uchun sharqiy Afg’oniston va Shimoliy Hindistonga yubordi. Al-Xorazmiy hind kitoblarini yig’ish bilan birga hind hisobi - matematikasi borasidagi malakasini oshirib qaytdi va bu sohada o’zidan kichik bo’lgan Ma'munga ustozlik qildi. Ma'mun bilan al-Xorazmiy do’stligi ana shundan boshlandi. Otasi Xorun o’limidan keyin uning o’rniga taxtga o’tirgan o’gay ukasi amin ustiga turkiylardan qo’shin tortib borgan Ma'mun uning askarlarini yengib, o’zini ham qilich bilan boshini kesib, 813 yili taxtga mindi-da, Marvdagi barcha odamlarini Bag’dodga ko’chirib keldi. O’sha yili o’zi bilan birga Ahmad Farg’oniy, Abdulmalik, Ahmad ibn Abdulloh, Muso ibn Shokirlar kelib, Xorun tuzgan "Baytul-Hikma" - donolar uyiga joylashdilar. Al-Xorazmiy Bag’dodga ikki yilcha kechikib kelsa-da, akademiyaning boshlig’i - bosh kitobdor vazifasini unga saqlab turdi. Al-Xorazmiy "Baytul-Hikma"da kecha-kunduz ishlab, Marv-da boshlagan kashfiyotini nihoyasiga yetkazdi - riyoziyot ilmidan "Hisobi hind" kitobini nihoyasiga yetkazdi va xalifa Ma'mun bilan vaziri a'zam ixtiyoriga topshirdi. Ular ilmi riyoziy sohasidagi bu ajoyib kashfiyotni "Baytul-Hikma" anjumani muhokamasiga qo’ydi. Ulug’ allomaning Hind hisobini takomillash, mukammallashtirish asosida yaratilgan yangi kashfiyoti - "Hisobi al-hind" deb atalmish kitobi "Baytul-hikma"ning "tanobiy uyi"da boshlandi. Muhokamaga Ma'mun olimlar bilan birga yer o’lchovi massoqlar, muftiylar, ulamolarni ham taklif qildi. Ularni taklif qilganidan xalifaning o’zi afsuslandi. Chunki, dunyoviy ilm bilan din azaldan kurashib kelganini e'tiborga olmagandi. "Katta tanobiy uy"ning devorlari biqiniga yozilgan to’shaklarda o’ngda olimlar, chapda muftiy va ulamolar, o’rtada mashshoqlar chordona qurib o’tirdilar. To’rda fil suyagidan yasalgan kursida Ma'mun, uning biqinida kichikroq yog’och kursida vaziri a'zam al-Fazl joylashdi. Anjumanni xalifa Ma'mun boshqardi. U savlat to’kib o’tirgan joyida podsholarga xos salobat bilan "Ulug’ alloma Muhammad Ibn Musoga so’z" deyishi hamon oq shoyi ko’ylak ustidan qizil chopon kiyib taqyasi ustidan oq salla o’ragan al-Xorazmiy o’rtaga tushdi va avval xalifaga, so’ngra anjuman aqliga ta'zim bajo qilib, yig’ilganlarga o’z asarining mazmunini bayon qilishga otlandi. Pashsha uchsa bilinadigan, kiprik qoqsa ko’rinadigan, nafas olsa seziladigan jimlikda allomaning har bir so’zi bolqib eshitildi. Masalan, quyidagi so’zlar, ayniqsa, ikki tomon e'tiborini o’ziga tortdi: ham olimlarni, ham ulamolarni. - Ilgari arablar va ularga tobe musulmon xalqlar hisob amallarini raqamlar birlan emas, so’zlar yordamida bajarar erdilar. Hindlar ersa, har bir sonni alohida belgi, ya'ni raqam birlan ifoda etadurlar, har tomonlama o’ylab qarasam, hind hisobining afzalligi muqarrar ko’rindi. Amaliyotig’a oson, kelajagi bebaho, sababi shulki, dunyo ishlarining kelajak kaliti - ilmi riyoziy yechimlarga bog’liq bo’ladur. -Isbot! Isboti qani? - deb luqma tashladi ulamolardan biri. Al-Xorazmiyning isboti tayyor edi. U devorga tirab qo’yilgan uzun va ensiz qora taxta oldiga bordi-da, oq bo’r bilan to’qqizgacha bo’lgan raqamlarni qator qilib yozib qo’ydi. Mana ko’ring: alifga o’xshag’oni - bir, kalitga o’xshag’oni ikki, beli bukilgani uch, ana – to’rt, mana - besh va hokazo. Ammo hindlarning bu ajoyib topilmasi chala tug’ilgan bola bo’lib qolgan. Hindlar uni takomillashtira bilmaganlar. Olimlar e'tibor bilan tinglasalar-da, ulamolar safida shoshqaloqlik sezilib turdi. Boyagi ulamo yana savol tashladi. - Chala tug’ilgan bolani nima uchun tavsiya qilursiz? - Chala tug’ilg’oni birlan joni butun, ruhi baland, voyaga yetgach, pahlavon bo’ladur. Biz ani voyaga yetkazishga bel bog’ladik. Voyaga yetkazish yo’li ham topilg’on. Biz shu raqamlarni qabul qilib olib, hisob amallarini ana shu raqamlar yordami bilan hal qilish yo’lig’a o’tishimiz kerak. Chap tomonda o’tirgan Shayxulislom boshliq ulamolar bir-birlari bilan shivirlasha boshladilar. Buni ko’rgan al-Xorazmiy gapni to’xtatib turdi, anjumanni boshqarayotgan Ma'mun ulamolarga qarab, o’z nazari bilan ularni jim qildi. Shundan keyin al-Xorazmiy gapida davom etdi: -Hindlar to’qqizlik sanoq tartibini joriy qilsalar-da, ular eng yaxshi topildig’ning "I" raqami ahamiyatini, uning hisob amaliyotida nimalarga qodir ekanini tushunib yetmag’on erdilar. Mening hind hisobiga kiritg’on yangiligim shulki, "I" raqami yoniga bir xalqa, ya'ni raqam qo’yib, ani "o’n" qildim - dedi-da, taxtaga bo’r bilan "10" raqamini yozib ko’rsatdi. - Mana shu o’nlik sanoq tartibi birlan katga va ko’p sonlarni jam va tarx qilish, zarb va taqsim etish oson va sodda bo’ladur. - Ertakka o’xshaydur, - deb luqma tashladi chap tomonda o’tirganlarning yana biri. - Sanamay sakkiz, demaylik. Avval hammasini eshitaylik! - dedi o’ng tomondagilarning biri. - Ahmad Farg’oniy to’g’ri aytadur, gapiravering, alloma Mugammad ibn Muso! - deb Ma'mun hammani tinchitdi. Shundan so'ng al-Xorazmiy qora taxtaga to’rt xonali sonlar raqamini yozib, ularni zarb qilib, ya'ni bir-biriga ko’paytirib ko’rsatdi. Hosil bo’lgan sonlarni tarx qildi, taqsim qildi. Butunni maydalab, maydalarni yana butunga aylantirdi. Salgina oldinlab, qavs ichida aytadigan bo’lsam, o’sha vaqtda tug’ilgan o’nlik sanoq usuli sharqda "al-Xorazm" deb atalgan bo’lsa, Ovro’pada bu so’zni "Algoritm" deb atay boshladilar. IX asr boshida al-Xorazmiy o’z kashfiyotini ilmiy, amaliy isbotlab dunyoda bebaho va buyuk kelajak fani yaratilganini namoyish qildi. Al-Xorazmiy o’z ma'ruzasini tugatar-tugatmas, olimlar uni qutlab oyoqqa turdilar. - Ofarin! - Ulug’ kashfiyot! Xalifa Ma'mun mamnunligini yashirolmay ko’zlari yonib, tabassum qildi. Uning biqinida o’tirgan vaziri a'zam al-Fazl beixtiyor o’rnidan sakrab turdi-da: - Bugun ulug’ kashfiyot tug’ildi! Al-Xorazmiy eshiklari berk ilmi riyoziyning kalitlarini topib qo’limizg’a berdi. Hech bir arab olimi hal qilmog’on muammolarni yechib, bizni hind raqamlari birlan oshno qildilar. Endi bu raqamlarni arab raqamlari, deb aytamiz. Bu so’zlardan keyin to’satdan go’yo bomba portlaganday bo’ldi-da, uning vahimasidan "Katta tanobiy uy" larzaga keldi. Bu larza o’ng tomondagi olqishlar, chap tomondagi nolishlarda sezilib turdi. - Biz norozimiz! - deb qichqirdi oppoq soqoli ko’ksiga tushgan Shayxulislom. - Nega biz handasiy shakllarni qabul qilar ekanmiz? Ularning raqamlarini qabul qilish g’ayriddin hind qonini qonimizg’a qo’shg’on birlan barobardur. Al-Xorazmiy ota-bobolari majusiy bo’lg’oni uchun shunday qiladur. Niyati buzuq, ul zot arab honini ham buzmoqchi bo’ladur! Ikki beti hayajondan qizarib ketgan Qoziyul Quzzot Shayxulislom gaplarini zo’r berib quvvatlar ekan, yangi kashfi-yotga tosh ota ketdi. - Chapaqay dinli hindlar chapdan o’ngga qarab teskari yozadurlar. Ilmi hisobi ersa alarning diniy e'tiqodi birlan chambarchasdir. Masalan, bir soni - ota, ikki soni - ikki ko’z, uch soni - agniy degan xudosining ramzidur. Biz qanday qilib, bu bid'atchi xalqning raqamlarini arabniki deb ataymiz. Yaramaydi! Al-Xorazmiy tishini tishiga qo’yib, chidam bilan tingladi. Ammo uning yonida o’tirgan, al-Xorazmiyning barcha ishlaridan xabardor bo’lgan, ba'zan uning bu kashfiyotiga ko’maklashgan Ahmad Farg’oniy, noilmiy va dunyoviy ilmlarga, boshqa xalqlar durdonalaridan hazar qilishgacha borib yetgan gaplarga chidayolmadi-da, so’z olib, ulamolarni o’z qurollari bilan mot qiladigan dalillardan boshladi. - Hadisi muqaddasda, - dedi u, - Ilm o’rganish musulmon er va ayollar uchun ham farz, ham qarz deyilg’on. Ilmni Chinmoching borib bo’lsa ham o’rganish buyurilg’on. Hind xalqida shunday ilm yaralg’on erkan, ani ulug’ allomamiz boyitib, arab xalqining merosig’a aylantiribdur. Bundin, avvalo arab xalqi manfaat ko’radur, qolaversa, jahon - olam foydalanadur. Umuminson mulkig’a aylanadur. Qoziyul Quzzot Ahmad Farg’oniyga e'tiroz bildirish uchun o’rnidan turib oldi. - Hindlar irg’it, sihrgar, tirnoqlarini kesdirmaydigan, sigir go’shtini yemasa-da, tezagini badanlariga surtadurlar. Raqamlarini qora taxtaga oqkesak birlan yozadurlar, arablar ham shunday qilishlari kerak bo’ladurmu? - Mutlaqo unday ermasdur, - dedi Ahmad Farg’oniy. - har bir xalqda ham o’ziga yarasha bid'at, xurofot, yaramas odat ham bor, ammo shu birlan boshqa, a'lo xislat - munavvar fikrli insonlar yaratgan ilm-fan mavjuddir. Biz alar yaratg’on nihollarni o’stirishimiz, mevasini insonlar ila baham ko’rishg’a da'vat qiling’ondurmiz. Al-Xorazmiy Ahmad Farg’oniyning bu dono gaplarini o’z gapiday bilib, bosh chayqab ma'qullab o’tirdi. Cho’zilib ketgan bu tortishuvga Ahmad Farg’oniyning ma'qul va maqbul gapidan keyin Ma'mun yakun yasadi. - Har ikki tomonning gapini eshitdik. Haqiqat munozaralar orqali ochiladur. Bu joydagi munozaralarda haqiqat ochildi: biz o’z ishimizda Hadiysi muqaddasga amal qilib, har bir xalqning ilm-fanini o’rganishimiz, bilim urug’larini bid'at-xurofot balchig’idan tozalab, aqli muslimning miyasig’a qadashimiz lozim. Shu jihatdan qarag’onda ulug’ alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning kashfiyoti buyukdur. Ani biz arabning "Hisob ilmi" deb ataydurmiz!.. Oradan sal vaqt o’tgach, Al-Xorazmiyning "Al-Jabr va muqobala" kitobi maydonga chiqdi. Uni olimlar juda yuksak baholadilar. Muxoliflar ham tek turmadilar. Ushanda Ahmad Farg’oniy uning muxoliflariga javoban, Al-Xorazmiy noma'lum bir sonni tenglamalar orqali topish yo’lini kashf etib, uni "Al-Jabr" dedi. "Al-Jabr" bamisoli tikonli daraxt, jabrg’a chidag’on odamgina uning ustiga chiqib, mevalaridan bahramand bo’lg’ay", dedi. Ahli ilm, ayniqsa, riyoziyotchilar dunyosi o’sha kunni "Al-Jabr"ning tug’ilgan kuni, deb biladilar. Xullas, olamshumul buyuk kashfiyot "al-Jabr" ana shunday paydo bo’lgan edi.

Yüklə 20,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin