Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш


Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə2/2
tarix03.04.2023
ölçüsü60,5 Kb.
#92907
1   2
а эвазига хизмат кўрсатиш

2. Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bir necha turlarga ajratiladi. Ular xizmat ko`rsatishning xususiyatiga qarab alok^ xizmati, tibbiy xizmat, veterinariya xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, maslahat xizmati, axborot xizmati, ta`lim berish (pullik) xizmati, sayyohlik xizmati va shunga o`xshash boshqa xizmatlardan iborat. Bu xizmatlar o`z xususiyati, xizmat ko`rsatish holati, xarakteri va huquqiy tartibga solinishi jihatidan biri ikkinchisvdan farqlanadi. Ammo ularning umumiy o`xshashligi ham mavjud. Chunonchi, mazkur shartnomada bir tomonda xizmat ko`rsatuvchi (ijrochi), ikkinchi tomonda esa undan foydalanuvchi-buyurtmachi ishtirok etadi. Shu sababli ularga haq evaziga xyzmat ko`rsatish shartnomasi sifatida ta`rif berilgan.
Fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar, haq evaziga xizmat ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan va xizmat ko`rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan tashkilotlar ijrochi sifatida qatnashadilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolar ham haq evaziga xizmat ko`rsata oladi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar davlat ro`yxatidan o`t^an paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko`rsatish faoliyatiga ega bo`ladi.
Xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan shu xizmatdan foydalanuvchilar o`rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma yozma tartibda rasmiylashtiriladi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha har ikki tarafda ham huquq va burch kelib chiqadi. Chunonchi, aloqa xizmati ko`rsatish shartnomasiga muvofiq xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachilarga pochta hujjatlarini belgilangan manzilga jo`natish, mijozlarga kundalik matbuot xabarlari, shuningdek, gazeta-jurnallarni uyiga ski boshqa belgilangan joylarga vaqtida yetkazib berish, telefon xizmati ko`rsatish bo`yicha tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan vazifalarni o`z vaqgida maromiga yetkazib bajarish bo`lsa, buyurtmachilar buning uchun belgilangan xizmat haqini to`lab turishga majbur bo`ladi.
Tibbiy xizmat ko`rsatish huquqiga xizmatni bajarishga ixtisoslashgan tashkilot, shuningdek, yetarlicha tibbiy xizmat ko`rsatish bilimiga va bu haqsa tegishli hujjatlarga ega bo`lgan hamda belgilangan tartibda ruxsat olgan shaxslar ega bo`ladilar. Tibbiy xizmatdan foydalanuvchilar esa, agar bunday xizmat ko`rsatish tekinga bajariladigan bo`lmasa, kelishilgan haqni to`lashga majbur bo`ladi.
Veterinariya xizmati bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachi fermerlarga yoki aholiga ularning molini davolash bo`yicha malakali xizmat ko`rsatish majburiyatini olsya, buyurtmachi shartnoma bo`yicha belgalangan xizmat haqi va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart bo`ladi.
Axborot, maslahat berish va sayyohlik xizmati ko`rsatish bo`yicha ushbu vazifalarni bajaruvchi tashkilot tegishli xizmatni shartnoma bo`yicha sifatli qilib bajarishga, buyurtmachi esa kelishilgan xizmat haqini o`z vaqgida to`lashga majbur.
Notariat, advokatura va boshqa xuquqiy xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, firmalar qonunga muvofiq va taraflar o`rtasida tuZilgan shartnomaga muvofiq huquqiy xizmat ko`rsatishga, buyurtmachilar esa kelishilgan haqni belgilangan vaqt va tartibda to`lashga haqpi bo`ladi,
Ta`lim (repititorlik) xizmati tegishli guvohnomasi, ya`ni ruxsatnomasi bo`lgan va malakali ixtisosga ega xususiy tadbirkor tomonidan yoki bu faoliyat bilan shurullanish huquqiga ega bo`lgan firma tomonidan ko`rsatiladi. Mijoz, ya`ni ta`lim olishga muhgoj shaxs belgilangan yoki kelishilgan xizmat haqini to`lashga majbur. 3. Auditorlik xizmati. Bu xizmat tadbirkorlikning bir turi xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonunining 1-moddasida audit tushunchasi berilgan. Unda belgilanishicha, Audit muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (audigorlik firmalari) tomonvdan xo`jalik yuritayotgan, subyektlar moliyaviy hisobotlarning to`g`riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo`jalik operatsiyalari O`zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me`yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o`tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va taxlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko`rsatishni o`z ichiga oladi`.
Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb ro`yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
Auditorlik xizmati auditorlik firmasi tomonidan olib boriladk. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan ustaviga ko`ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko`rsatishdan iborat bo`lgan korxonadir.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas`uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro`yxatidan o`tib, litsenziya olganlaridan keyin o`z faoliyatlarini boshlaydilar.
Ma`lumki, iqgisodiyotning bozor munosabatlari tomon yuz tutishi moliyaviy nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko`rib chiqish zaruriyatini tugdiradi. Moliyaviy nazoratning muqaddam davlat tomonidan tashkil etilgan taftish tizimi mulkchilikning turli shakllariga asoslanib tuzilgan yanga korxonalarning extiyojlarini qondira olmay qolgan edi, u bilan birga nodavlat korxonalarining tashkil topishi va ularning manfaatlari ham audit xizshtining tashkil etilishi, shuningdek, yuzaga kelgan yangi iqtisodiy sharoitda paydo bo`lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko`rsatuvchi hamda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarda qonunchilik buzilishining oldini oluvchi audit xizmati ko`rsatuvchi tashkilotning bo`lishini taqozo etgan edi.
Korxonalarning faoliyatiga yordam beruvchi audit xizmati taftishdan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Taftish o`tkazishdan asosiy maqsad korxonalardagi o`g`rilik, ko`zbo`yamachilik va boshqa kamchiliklarni topish va uning asosida aybdorni javobgarlikka tortishdir. Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi esa, mijoz korxona moliyaviy hisobotini buxgalteriya hisoboti bo`yicha amaldagi nizom, andoza va ko`rsatmalarga mos kelishi nuqgai nazardan baholash, bu borada unga amaliy yordam ko`rsatish va mijoz bilan o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilishdan iborat.
2. Taftish oldiga qo`yilgan vazifa korxona faoliyatlarining saqlanishini ta`minlash, qonunbuzarlarni va xizmat vazifasini suiiste`mol qilish hollarining odsini olishdir. Audit amalga oshiradigan vazifa esa, mijoz korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash, uning ta`sir doirasini kuchaytirish, raqobatga bardoshlilik darajasini oshirish, firma daromadining rivojlanish istiqbollarini belgalash bo`yicha maslahatlar berishdan iborat.
3. Taftish boshqaruvining bo`ysunuvchi, itoat etishi bo`yicha amalga oshirilgan tekshiruv bo`lib, asosan yuqori tashkilotlar va javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan muassasalar extiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilada. Audit esa ufqiy yo`nalish buyicha tashkil etidgan tekshiruv bo`lib, mijoz firma va u bilan shartnoma asosida bog`liq bo`lgan banklar, soliq mahkamalari, sug`urta kompaniyalari kabi hamkorlar va hissadorlar manfaatini ko`zlab amalga oshiriladi.
4. Taftish o`tkazuvchi shaxs, asosan, taftish idorasining xodimi hisoblanadi va uning xulosasi ko`pchilik hollarda rahbarning irodasiga bog`liqbo`ladi. Audit esa, mustaqil ekspert maqomiga ega bo`lib, tekshiruv bo`yicha mustaqil xulosa beradi.
5. Taftish yuqori tashkilotlar va javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan muassasalar tomonidan asosan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Audit esa asosan korxonaning o`z xohishlariga ko`ra, ularning murojaati asosida amalga oshiriladi.
6. Taftishning xarajatlari asosan tekshiruvni tayinlagan yuqori tashkilotlar gomonidan qoplansa, auditorlik tekshiruvining harakatlari shartnomaga muvofiq tekshiruv o`tkazilayotgan firma hisobidan qoplanadi.
7. Taftish natijalari tekshiruvni belgilangan tashkilotlarga katta miqdorda davlat mulkini talon-toroj yoki qonundan chetga chiqishlar aniqlanganda, tergov va sud muassasalariga taqsim qilishi mumkin. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, agar u javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan tashkilotlar tomonidan maxsus tayinlanmagan bo`lsa, ishga yollagan firma rahbariyatiga beriladi va zaruriyatga ko`ra, uning asosiy holatlari xissadorlar yigilishiga taqdim etilishi mumkin. Bu ma`lumotlar boshqa tashkilotlarga firma rahbariyatining ruxsati bilangina beriladi. Boshqa hollarda mustaqil auditor firmasi tomonidan sir saqdanadi.
Agar auditorlik tekshiruvi natijalari ?sosida berilgan ko`rsatmalardan tekshiruv o`tkazilgan korxona zarar qo`rsa, shu zararni mijoz, auditor yoki auditorlik firmasidan qonunda ko`rsatilgan tartibda undirib olish huquqiga ega.
8. Faoliyat xususiyatiga ko`ra taftish yuqori tashkilotlar tomo»:idan berilgan buyruq yoki ko`rsatmalarni bajarish bilan bog`liq jarayondir. Audit esa tadbirkorlik faoliyati. Auditor korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bilan cheklanib qolmay balki mijozga haq evaziga moliya, buxgalteriya xisoboti, valyuta muomalalarini yuritish, bank ishi, yeug`urta kompaniyalari faoliyati, tashqi bozorga chiqish singari faoliyat yo`nalishlari bo`yicha maslahatlar berish bilan ham shug`ullanadi.
Taftish va auditorlik faoliyati, shuningdek tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibga ko`ra farqlanadi. Masalan, taftish o`tkazish natijalari dalolatnoma holida rasmiylashtiriladi va u korxona faoliyatida qonunchilikka rioya qilish holati to`g`risida xulosa chiqarish va aybdorlarni jazolash maqsadida yuqori tashkilotlar yoki tekshiruvni tayinlagan idoralariga taqsim etadi. Uning ma`lumotlari aksariyat hollarda keng xalq ommasiga e`lon qilinmaydi. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, auditor hisoboti va xulosasi holida rasmiylashtiriladi. Auditor xulosasi muhim hujjat bo`lib, u mijoz tomonidan moliyaviy xisobotlar bilan birga matbuotda e`lon qilinishi mumkin. Bu eyea u bilan qamkorlik qilayotgan va qilmoqchi bo`lgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning e`tiborini o`ziga jalb qiyaish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Demak, audit xizmati taftish o`tkazishning o`rnini egallamaydi. Chunki moliyaviy taftish o`tkazish ham o`z ahamiyatiga ega. Ammo auditorlik xizmati hozirgi bozor iqtisodi munosabatlariga o`tishda muhim bo`lib, xo`jalik subyeyetlari bo`lgan korxona, tashkilotlarga xo`jalik, tadbirkeryaik faoliyatini qonunga muvofiqtarzda yurgazishda nihoyatda katta yordam ko`rsatmokda. Demak, moliyaviy taftish ham auditorlik xizmati ham, tadbirkorlarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini to`g`ri yurgizishda muhim o`ringd ega.
Auditorlik xizmati taraflar tomonidan tuzilgan shartnshexe asosan olib boriladi. Mazkur shartnomaga muvofiq har ikki tomonda ham huquq va burch paydo bo`ladi. Agar ular auditoryaik xizmati ko`rsatish shartnomasini buzsa, shartnoshda belgilanganidek hamda Auditorlik faoliyati to`g`risidagi qonunning 12-moddasida ko`rsatilgan tartibda mulkiy, ma`muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Adabiyotlar:


1 Karimov I. A.. O`zbekiston buyuk kelajak sari (O`zbekiston XXI asr bo`sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafo-latlari). T., «O`zbekiston», 1998, 567-6.
2. «Xalq so`zi», 2000 yil 15 iyun.
3. Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T., «O`zbekiston», 1995, 241-6.
4. O`zbekiston Respublikasining Korxonalar, Ijara, Mulkchilik to`g`risidagi qonunlari. T., «Adolat», 1997.
5. www.ziyonet.uz
Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin