uchun ulashni ta’minlovchi modem va mos dasturiy ta’minot bilan jihozlangan
mobil foydalanuvchining noutbuki tomonidan initsiallanishi mumkin. Initsiator
vazifasini mos funksional imkoni-yatlarga ega bo‘lgan lokal tarmoq marshrutizatori
ham bajarishi mumkin.
Tunnel odatda, tarmoq kommutatori yoki xizmatlar
provayderi shlyuzi bi-lan tugallanadi.
Tunnel terminatori inkasulyasiyalash jarayoniga teskari jarayonni bajaradi.
Terminator yangi yangi
sarlavhalarni olib tashlab, har bir dast-labki paketni lokal
tarmoqdagi adresatga yo‘llaydi.
Inkapsulatsiyalanuvchi
paketlarning
konfidensialligi
ularni
shifr-lash,
yaxlitligi va haqiqiyligi esa elektron raqamli imzoni shakllanti-rish yo‘li bilan
ta’minlanadi. Ma’lumotlarni kriptografik himoyalashning jo‘da ko‘p
usullari va
algoritmlari mavjud bo‘lganligi sa-babli, tunnel initsiatori va terminatori himoyaning
bir xil usullaridan foydalanishga o‘z vaqtida kelishib olishlari maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Ma’lumotlarni rasshifrovka qilish va raqamli imzoni tekshirish
imkoniyatini ta’minlash uchun tunnel initsiator iva terminato-ri
kalitlarni xavfsiz
almashish vazifasini ham madadlashlari zarur. Un-dan tashqari, VPN tunnelarini
vakolatli foydalanuvchilar tomonidan yaratilishini kafolatlash
maqsadida axborot
aloqasining asosiy tarafla-ri autentifikatsiyalashdan o‘tishlari lozim.
Korporatsiyaning mavjud tarmoq infratuzilmalari VPN^ foydalanishga ham
dasturiy, ham appa-rat ta’minot yordamida tayyorlanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: