III. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI.
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
“Aholi geografiyasi” kursi bo’yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy
qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta`minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-uqituvchilarning ma`ruzasini tinglaydilar,
misol va
masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlardan konspekt qiladi, uy
vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish
maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi xamda mavzu bo’yicha testlar echadi. Mustaqil
ta`lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish,
kerakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet
tarmoqdaridan foydalanib
ma`lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy
manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun xam
mustaqil ta`limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baxolash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi
tomonidan,
konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baxolash esa ma`ruza darslarini olib
boruvchi o’qituvchi tomonidan xar darsda amalga oshiriladi.
“Aholi geografiyasi” kursidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha
mavzularini qamrab olgan va
quyidagi 17 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: