26. Migratsiya salьdosi- migratsiya va emigratsiya orasidagi nisbiy farq.
27. Migratsion o’sish-aholi sonining ko’chib keluvchilar hisobiga ortib borishi.
28. Mavsumiy migratsiya-mavsumiy ishlar bilan bog’liq migratsiya.
29. Mayatniksimon (moksimon) migratsiya- biror hududda yashayotgan kishilarning
ikkinchi hududga turli yumushlar bilan kundalik qatnashishi.
30. Millat - ma’lum hududda yashayotgan qator qabila va elatlarning o’zaro aralashuvi
natijasida paydo bo’lgan kishilarning etnik birligi. Millat-asosan feodalizmdan kapitalizmga
o’tish davrida shakllangan.
31. Megolopolis - bir-biriga yaqin joylashgan yirik shaxar aglomeratsiyalari o’zaro aloqada
rivojlanib, urbanizatsiyalashgan mintaqa-shaxarlashgan mintaqa hosil bo’lishi.
32. Monogam oila shakli - bir erkak (ayol) bilan bir ayol ( erkak )ning oila (nikoh) qurishi.
33. Murrakab oila shakli - er-xotin, farzandlari va ular oilalari bilan yashash shakli.
34. Nuklear oila shakli- er va xotin hamda farzandlardan iborat oddiy oila shakli.
35. Protestant dini – xristian dinining mashabi bo’lib, u kalvinizm, lyuteranlik, baptizm,
anglikanlik va boshqa oqimlardan iborat.
36. Poligam oila shakli - bir ayol yoki erkakning ikki va undan ortiq oila (nikoh) qurishi.
37. Reproduktiv – organizmning o’ziga o’xshash organizmlarni yaratishi, ko’paytirishi
38. Reproduktiv ma’yl – organizmning o’ziga o’xshash organizmlarini yaratishi yoki
ko’paytirish xohishi, ehtiyoji.
39. Reemigratsiya – migrantlarning turg’un turishi uchun o’z vataniga qaytib kelishi.
40. Standartlash (standart) – me’yor, namuna, o’lcham – keng ma’noda boshqa ob’ektlarni
taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, model.
41. Suburbanizatsiya - yirik shaxarlarning o’z atrofi bilan birgalikda tez rivojlanib, asosiy
yirik shahar bilan uning atrofi aholisining qayta taqsimlanish jarayoni yoki yirik shaxar
markaziga nisbatan uning atrofi aholisining tez o’sish jarayoni.