sharqida paydo bo’lgan. Uning asosiy yo’nalishlari: katolik, protestant va provaslav.
47. Qabila – odamlar etnik birligining ikkinchi bosqichi bo’lib, u ikki urug’larning
qorishishi (aralashuvi) natijasida paydo bo’lgan ibtidoiy jamiyatning mahsulidir.
48. Xalq - aholining eng yuqori etnik bosqichi bo’lib, ma’lum
bir hududda yashayotgan
turli millat va elatlarning aralashuvi va yagona maqsad hamda intilishga ega bo’lgan kishilar
jamiyatidir.
Jumladan, AQSH, Rossiya, Germaniya, O’zbekiston xalqi va boshqalar.
O’zbekiston halqi 130 dan ortiq elat va millat vakillari
yagona maqsad sari ahil
yashamoqdalar.
49. Shaxar aglomeratsiyasi - shaxarlarning gurux bo’lib rivojlanishi,
shaxar aholi
punktlarining hududiy jihatidan bir-biri bilan qo’shilib ketishi yoki bir biriga yaqin
joylashishi. CHet el adabiyotlarida shaxar aglomeratsiyasi konurbatsiya deb ataladi.
50. Etnogenez - xalqlarning
kelib chiqishi, paydo bo’lishi.
51. Etnografiya - aholining turmush tarzi,
madaniyati, urf odatlari, an’analari,
oilaviy
munosabatlari va boshqa etnik xususiyatlarini o’rganadi.
52. Emmigratsiya – fuqorolarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga ko’chib ketishi.
53. Elat - kishilarning etnik birligini uchinchi bosqichi bo’lib, qator urug’ va qabilalarning
o’zaro aralashuvi mahsuli bo’lib, u quldorlik, asosan feodalizm jamiyatida paydo bo’lgan.