5. Qo‘rgazmali qurollar va texnika vositalari. O‘quvchilarga bajarishlari lozim bo‘lgan topshiriqlarni bajarishdan oldin texnik vositalar yordamida plakatlar, slaydlar taqdimotlar va hokazolar ekranga tushurilib tushuntiriladi yoki tayyor na’muna ko‘rsatilinib, tayyorlash bosqichlari va bajariladigan jarayonlar, ishlatiladigan asbob – uskunalar, ularni ishlatish va bajaradigan vazifalari to‘g‘risida tushuncha beriladi, ya’ni joriy yo‘riqnoma beriladi.
O‘qituvchinig shaxsiy fazilatlari.
Donishmandlar o‘qituvchining o‘zi har tamonlama yetuk, bilimli bo‘lishi kerak deb bejiz aytmaganlar. O‘qituvchi o‘quvchilarga nimadir berish uchun har kuni izlanishi va yuqori fazilatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi.
O‘qituvchiga xos bo‘lgan asosiy fazilatlarga quyidagilarni kiritish lozim:
bag‘rikenglik;
dilkashlik;
samimiylik;
ibrat – namunaviylik;
saxovatlilik;
pedagogik odoblilik;
ma’naviy yuksaklik;
kasbga sadoqatlilik;
nutqiy qobiliyatlilik;
tashkilotchilik.
Nazorat savollari: O‘qituvchini darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi haqida tushuncha bering?
O‘qituvchilik kasb-kori deganda nimani tushunasiz?
O‘qituvchini shaxsiy fazilatlariga nimalar kiradi?
3-Mavzu.Texnologiya darslarida baholash mezonlari, о‘zlashtirishlarni hisobga olish turlari. Reja: 1.Texnologiya darslari jarayonida о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarni baholash va uning ahamiyati. 2.Baholashda hisobga olinadigan omillar. О‘quvchilarning о‘zlashtirishini baholash mezonlari. 3.О‘zlashtirishlarni hisobga olish turlari. О‘zlashtirishlarni hisobga olishga qо‘yiladigan umumiy talablar. О‘quvchilarga beriladigan vazifalarni tekshirish.