A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə24/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Baholashga qo’yiladigan talablar:
- Baholashning o’z vaqtida va tizimli bo’lishi;
- Baholashning har tomonlama va tabaqalashgan bo’lishi;
- Baholashning xolis va adolatli bo’lishi;
- Baholashda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi.
2. Texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilari bilim ko‘nikma va malakalarini baholash mezoni.
Texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash yozma, og‘zaki va amaliy bo‘lishi mumkin:

  • og‘zaki baholash – o‘quvchini bilish saviyasi puxta va ongliligini aniqlash imkonini beradi.

  • yozma baholash – o‘quvchilarni bilimi yozma ish olish orqali amalga aniqlanadi.

  • amaliy baholash – ijtimoiy foydali buyumlarni tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Baholash mezonlari:

1.Operatsiyalarni o‘rganishda:


- operatsiyalarni bajarish usullarining to‘g‘riligi;
- o‘quv-ishlab chiqarish ishlari sifatiga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishi;
- ish o‘rni va mehnatning tashkil etilishi;
- mehnat xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilinishi.
Kompleks xarakterdagi ishlarni bajarishda:
- ish sifati-o‘quv-ishlab chiqarish ishlarining texnik talablarga mos kelishi;
- mehnat unumdorligi-belgilangan vaqt yoki ishlab chiqish me’yorlarining bajarilishi;
- ishdagi mustaqillik;
- mehnat usullari bajarilishining to‘g‘riligi;
- texnologik intizomga amal qilinishi;
- ish o‘rni va mehnatning to’g’ri tashkil etilishi;
- mehnat xavfsizligiqoidalari va me’yorlariga amal qilinishi.
Baholashni obyektivligi va differensialligi.
O‘quvchilar bilimini, ko‘nikma va malakasini baholash jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan:

  • bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash;

  • o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish;

  • o‘quv jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishdagi nuqsonlarni aniqlashda yordam beradi;

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish malakasini tarkib toptiradi.

Baholashning obyektivligi-mustaqil ta’lim beruvchilar bir-biridan bexabar holda, bir xil ta’lim oluvchilarga bir xildagi topshiriq berilsa bu baho obyektiv haqiqiy baho hisoblanadi.
Ya’ni 2 ta ta’lim beruvchi bir-biridan bexabar holda bir xildagi ta’lim oluvchilarga 2 tasi ham bir xildagi topshiriqni bergan bo‘lsa, bu topshiriqqa qo‘yilgan baho ham bir xil bo‘lsa, bu baho haqiqiy (obyektiv) baho bo‘ladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin