4-MAVZU: Husnixatga o‘rgatishning gigienik va metodik shartlari. O‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar. Ma’ruza rejasi: Yozuv qurollari va ulardan foydalanish.
Yozuv daftariga qo‘yiladigan talablar.
Ruchkadan foydalanishga qo‘yiladigan talablar.
Yozuvning gigiyenik talablari. Gigiyenik talablarga ko‘ra maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlarning natijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak.
Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim. Devorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan doskani qoqish kerak bo‘ladi.
O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi.
O‘quvchilarni o‘tqazish paytida ularning ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Yaxshi ko‘rmaydigan yoki eshitmaydigan o‘quvchini o‘qituvchining stoli yaqiniga o‘tqazish maqsadga muvofiqdir.
Sinfda yorug‘lik me’yorda bo‘lishi kerak. Sinf o‘quvchi yozuv taxtasiga yozilishi lozim bo‘lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. Yorug‘lik o‘quv xonasining chap tomonidan tushib turishi lozim.
Agar oynalar o‘quvchining old tomonida joylashgan bo‘lsa, yorug‘lik unga old tomonidan tushadi va ko‘z setkachasini zararlantiradi. O‘ng tomondan joylashgan oynalar o‘quvchi qo‘lining soyasi qog‘ozga tushib uni qorong‘ulashtirib qo‘yishi bilan noqulaylik tug‘diradi.
Agar yorug‘lik manbai orqada joylashgan bo‘lsa, stolga o‘quvchining butun gavdasining soyasi tushadi.
Bu talablarga sinfdan tashqari holatlarda ham rioya qilinadi.
Husnixat bilan to‘g‘ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi ishlarda ham o‘quvchiga singdirib boriladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan sharoitda ham tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ega, ular bolalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Pechat shrifti bilan yozilgan, aniqrog‘i chizilgan harf ko‘proq aniq pechat shriftiga aylanadi. U esa o‘z navbatida cherto‘jlardagi yozuvlarda qo‘1 keladi. Pechat shrift bilan yozilgan devoriy gazetalar o‘ziga xos uslubga ega bo‘ladi.
Pechat shriftining namunasi bo‘lib oddiy standart shrift xizmat qilashi mumkin. U (DTS) tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yozishga o‘rgatishda avval o‘tirish qoidalar bilan tanishtirish va to‘g‘ri o‘tirish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bir necha darslardan so‘ng o‘qituvchining birgina ‘to‘g‘ri o‘tiring‘ so‘ziga talab qilinayotgan holatda o‘tirishlariga erishishi zarur.
1. Yozish jarayonida yozayotgan o‘quvchi oyoqlari oyoq kaftlari polga yoki stol (parta)ning oyoq qo‘ygichiga tegib turishilozim.
2. Gavdaning ko‘krak qismi stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak.
3. Erkin holda o‘qish uchun bosh stolga ozgina egilgan holatda bo‘ladi. Ruchkaning uchidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 25-30 sm bo‘ladi. Bundan tashqari boshni yozuv jarayonida to‘g‘ri tutiladi. Boshni yon tomonga (pastga) engashtirib o‘tirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
4. Ikkala qo‘1 stol ustida to‘g‘ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib turishi lozim. Qo‘lning bunday holatda turishi gavdaning stol ustiga engashib va ko‘kragini stolga tegib turishini oldini oladi.
5. Yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘ri ushlash qoidasi o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi. Ruchkani ushlash qoidasi o‘rgatiladi.
Ruchka uchta barmoq orasida tutiladi, ko‘rsatkich va o‘rta barmoq bilan ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda ruchkani tutiladi. Ko‘rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o‘rtachasi - uni o‘ng tomondan, katta barmoq esa - chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq - nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq bo‘lib qog‘ozga engilgina tegib turib unda sirg‘anishi kerak. Ruchkaning uchi o‘ng yelkaga qarama-qarshi turadi.
Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak.
6. Daftar o‘quvchining ko‘kragining to‘g‘risida o‘rtada, uning o‘ng burchagi chapidan yuqori bo‘lishi kerak. Boshning va gavdaning o‘rtacha u yoki bu tomonga burilishini ta’minlanishi uchun bir necha so‘z yozilganidan so‘ng chap qo‘1 bilan chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo‘1 ko‘krakning o‘rrasidan unchalik uzoqlashib ketmasligi kerak.
Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o‘ngga qarab harakatlanadi. Bu usullarning barchasi o‘z holicha oddiy va ulami bolaga tushuntirish, ko‘rsatib berish oson, lekin ularni o‘rganish va amalda qo‘lash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Buning sababi bolalar bir vaqtning o‘zida bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Bularga o‘z gavdasini to‘g‘ri tutishga, daftarning turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlarning, kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o‘zida hali tanish bo‘lmagan yangi harfni yozishga to‘g‘ri keladi.
Dastlabki kundanoq bolani daftarni to‘g‘ri va ozoda tutishga o‘rgatib borish lozim.
Daftar ustidagi yozuv uning pechatlangan matniga mos holda, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra to‘ldirilishi lozim.
Daftarni qog‘oz bilan o‘rash mumkin emas, chunki buklangan qog‘ozning qalinligi yozishga halaqit beradi. Daftarni muqovalagandan ko‘ra o‘quvcMn partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza qog‘oz varag‘ini qo‘yishga o‘rgatib boorish kerak. Ularning hammasi o‘quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o‘rgatadi.
Daftarning tashqi ko‘rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o‘tish lozim.
1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:
2. Qatorning qayeridan so‘z yozishni boshlash lozimligini;
3. Qatordagi so‘zlaning oraliq masofasi qanday bo‘lishi kerakligini;
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;
5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.
O‘qituvchining namunaviy yozuvi – bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalgam oshadi. O‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o‘quvchining daftaridagi harflarning joylashishiga mos xolda bo‘lishi kerak. Amaliyotning ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni keyingi qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llani o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi.
O‘qituvchi o‘z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo‘lishi uchun uzluksiz shug‘ullanib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi shart.
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib boradi.Lekin buning aksi ham bo‘lishi mumkin:inson qanchalik ko‘p yozsa, uning yozuvi shunchalik tushunarsiz bo‘lib borar ekan.
O‘qituvchi to‘g‘ri husnixatda yozishni o‘rganib olishi lozim.O‘qituvchi faqat nazariy jihatdangina emas,balki har bir harf uchun yo‘lga qo‘yilgan amaliy proporsional bog‘liqlikni ham bilishi darkor.
Shu bilan bir vaqtda lozim bo‘lgan mashqlar orqali qo‘lning kaftini va barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini ham egallab olishi lozim. Sinf taxtasida yozish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan , harflarni grafik yozish,uning uzoqdan qandayko‘rinishini hisobga olmasdan yozish, barcha asosiy va birlashtiruvchi unsurlarni bir hil qolipda yozish kabi .
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo‘lgan holdagina o‘qituvchi bolalarga namuna bo‘la oladi va ulardan yaxshi natijalar olishi mumkin.O‘quvchilar harflarning tuzilishini ,uni chizishdagi ketma ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi bularning hammasini sinf taxtasida ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatishi lozim.
Tajribalarning ko‘rsatishicha ,o‘quvchi chiroyli va to‘g‘ri yozuvda sinftaxtasiga bo‘rda aniq va chiroyli yozadigan o‘qituvchining o‘quvchilari chiroyli va to‘g‘ri yozadilar.
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi:1-navbatda qo‘l harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida yozilgan harf, so‘z va fraza yozilganini tezda topishni, bir qarashda topa bilishlikni o‘rgatish lozim.
Bundan so‘ng bo‘r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o‘rganib olish lozim. Bo‘r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni, shuningdek ingichka chiziqdan bosib yozishga o‘tish va hokazo malakalarni egallash lozim.Yozuvda sinf taxtasi va bo‘rning sifati katta ahamiyatga ega.
1.O‘qituvchi bolalarning daftaridagi xato-kamchiliklarni o‘z o‘rnida aniq ko‘rsatmasligi natijasida bolaning yozishiga nisbatan e’tiborsizlik yuzaga keladi.
2.Aniq va to‘g‘ri husnixatda yozishga nafaqathusnixat darsida, balki barcha dars turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida,yozma ariza, ular tomonidan tayyorlanadigan ko‘rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.zo) amal qilish kerak.
Orfografik - to‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining pala - partish yozuvini va ikki varaq qog‘ozga yozgan yozma ishini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o‘quvchining daftari tartibli bo‘lishiga erishish kerak.
Harflarning yozilishi sodda va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Pedagogik amaliyotda, boshlang‘ich 1-2- sinflarda o‘rganiladigan shriftlarning namunasi ishlab chiqilgan. 3 va 4-sinflar amaliyotida qo‘llanadigan tez yozuv malakasining boshlang‘ich sinflaridagi yozuvdan anchagina farq qiladi. Xarakterli jiharlaridan biri shundaki, tez yoziladigan yozuvda ayrim so‘zlar qog‘ozdan qo‘l uzmasdan yoziladi.
3. Husnixatga o‘rgatish izchil va ketma-ketlik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. O‘rgatish jarayonida o‘qituvchining dastur materialini, o‘quvchini soddaroq shakliy ko‘rinishga ega bo‘lgan harflardan, murakkabroq ko‘rinishga ega harflarga o‘tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o‘tkazishda e’tibor beriladi.Husnixat mashqlarini o‘zaro bog‘liqlikda muntazam uyushtiriladi.
Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfni to‘g‘ri yozishni o‘rganib olmaguncha tez yozuvga o‘tkazish mumkin e-mas. Shuning uchun ham dasturda tez yozish ko‘nikmalari 3-4-sinflarda shakllantiriladi.
4. Ayrim o‘quvchilarning yozuvidagi individual farqlikni kuzatib boorish mumkin. Bu farq o‘ta qiya yozilishda va hokazolarda kuzatiladi.
Dastlabki yozuvga o‘rgatish paytida individual ko‘p ko‘zga tashlanmaydi, bu hol ko‘proq yuqori sinflarda tez yozuvga o‘tgan paytda kuzatiladi.
Yozuvdagi individuallik o‘ziga xoslikni 4-sinflarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida aniqlash mumkin, chunki bu davrda o‘quvchilar mustaqil ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o‘tgani bo‘ladi.
O‘quvchida aniq va ravon yozuv hosil bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘quvchining butun diqqatini harfning grafik shakliga, boshqa harf bilan qo‘shilib ketmasligiga, har biri bir - biridan o‘ziga ko‘rsatilgan o‘lchamga e’tiborini qaratishi lozim.
5. O‘quvchilarning husnixat bilan to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, husnixatga o‘rgatish ishlarini sistematik tarzda olib borish talab etiladi. Buning uchun ham o‘quvchilar to‘g‘ri yozuvning har kungi ko‘nikmasi bilan cheklanib qolmay, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning sifatini ‘ko‘rish’ ishlarini olib borishlari zarur bo‘ladi.
O‘quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma’qul, chunki bungacha ruchkadagi kamchilikni va daftarni tayyorlab qo‘yishga vaqt ajratadilar. Yozib bo‘lgach, bolalar o‘z ishlarini o‘rtoqlari bilan almashadilar va o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar. Eng yaxshi ishlar ‘o‘quvchi burchagiga ilib qo‘yiladi.
Nazorat paytida husnixat qoidalariga rioya etgan holda yozilganiga, harflarning to‘g‘ri yozilganligiga, matnning oson o‘qilishiga, yozuv bir tekisligiga, matnni o‘qish uchun va qog‘ozni tejashni rejalay olishga va h. zolarga e’tibor berish lozim. Muntazam ravishda nafaqat ona tili darslaridagi yozma ishlarini, balki o‘quvchining boshqa o‘quv fanlaridagi yozuvini ham tekshirib borish lozim.
Nazorat - tekshiruv ishlarini bir - biri bilan solishtira olishi uchun o‘quvchilarning ishlarini maxsus joyga ilib qo‘yiladi. Buning uchun nazorat - tekshiruv ishlarini alohida qog‘ozga yozish kerak va u uncha katta bo‘lmagan matn asosida bo‘lishi kerak. Yozuv malakasini yaxshilanganligini solishtirib borish uchun har bir o‘quvchining nazorat - tekshiruv ishlarini saqlab qo‘yish lozim.
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
O‘quvchilami chiroyli yozishga o‘rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o‘ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv quroli va materialiga bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To‘g‘ri o‘tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko‘rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo‘rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o‘quvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflarning bo‘yi 6 mm, raqamlarning bo‘yi harflardan 2 marta qisqa bo‘ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftarga, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan daftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng bo‘lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga o‘rgatib boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ular orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkoniyatini beradi.
1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan boshlanadi. O‘quvchi daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o‘rgatiladi, daftar hoshiyasi bo‘lishi shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda, sarlovha va matn orasida satr qoldirilmaydi.
Daftarga xatoni to‘g‘irlash yo‘li o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan chiziq tortib, ustiga to‘g‘risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig‘ib olinadi, tekshiriladi va baholanadi.
Yozuv materiali bo‘lgan daftarni yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri, o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya bo‘lishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g‘in hamda so‘zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroydi va tekis chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib ko‘rsatiladi.
8. Noto‘g‘ri yozilgan harflarni bo‘yash, o‘chirish yoki qavs ichiga olib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi.
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning bo‘lishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.
O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo‘yish uchun maxsus joy bo‘ladi. O‘quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo‘lganda foydalanish uchun ruchka va sterjenlar bo‘lishi zarur.
Xattaxta sinfda o‘quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi. O‘quvchining husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va to‘q yashil bo‘lishiga erishish lozim. Bunda xat aniq va chiroyli korinishga ega boladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat bo‘lishi, xattaxtaning bir bo‘lagiga yozuv daftarining, ikkinchi bo‘lagiga katak daftarining chiziqlari chizilishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida o‘quvchi chiroyli yozuvga o‘rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo‘yi ham chiroyli yozuvda katta ahamiyat kasb etadi, shu sababli u yuqori va pastga o‘quvchi bo‘yiga moslab harakatlantirishga moslangan bo‘lishi e’tiborga olinadi.
Bo‘r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Uning yogli bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Bo‘rning sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. Husnixatga o‘rgatishda yuqoridagilar e’tiborga olinishi shart.
Bo‘r yumshoq bo‘lishi lozim. U 15x15 mmqalinlikda va 50 mm uzunligida uncha katta bo‘lmagan shaklda tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.Bunday shakldagi bo‘r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo‘lni yengil harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish mumkin .
Bo‘r o‘rta va bosh barmoqlarning o‘rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish faqatgina ko‘rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko‘rsatgich barmoq bo‘rning ustida, uning chekka qismda turishi lozim,bo‘lmasa bosib yozish jarayonida bo‘r sinib ketishi mumkin.Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday tuirishi kerakki, qo‘llarining harakatini yopib qo‘ymasligi lozim.
Sinf taxtasi tekis g‘adir-budursiz va yoriqlarsiz bo‘lishi va bo‘yash uchun maxsus tayyorlangan qora bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
Oddiy moyli qora bo‘yoq yozuv taxtani bo‘yash uchun yaroqsizdir,chunki yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug‘likni ko‘zga tushiradi,bo‘r esa uning ustida sirpanadi va maydalanib ketadi.
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan yorug‘lik unda aks etmasligi va o‘quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy olishlari mumkin bo‘lsin.
O‘zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozisjh uchun u mustahkam qilib joylashgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga osib qo‘yilgan bo‘lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki yozuv taxtaning ikki cheti ham.
Husnixat bilan yozish mashg‘ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar bilan chizilgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo‘lsa o‘qituvchi o‘zi unga chiziqlar tortishi talab etiladi.
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi masofa o‘quvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi kerak .
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo‘r bilan bo‘yalgan arqonchani yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin.
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o‘zida chizg‘ichning ikkala tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin.
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to‘g‘ri burchakli uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni o‘qituvchining o‘zi foner yog‘ochlar orqali yasab olishi mumkin.
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi sinf o‘quvchilari shug‘ullanishsa ,unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal bo‘yog‘i bilan chizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi to‘q qizil rangdagi yoki jigarrangdagi bo‘yoqdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib olish, undan keyin bo‘yoq bilan ) chizish mumkin.
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo‘yoq bo‘yalgan foner bo‘lagidan ham ko‘chma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin.Bunday yozuv taxtalariga gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg‘ulotlar uchun gorizontal va vertikal chiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo‘r aniq oq chiziqning hosil bo‘lishiga yordam beradi., bu esa o‘qituvchining “qo‘li” bilan bo‘r bilan chizib chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi,chunki yozuv taxtasining ustki qavatida bo‘yoqlardan qolgan g‘adir-budurlar bo‘lmaydi.