Seminarga 5 tadan ortiq mavzular taqdim etilmaydi. Tanlangan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak: - belgilangan mavzu muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
- juda keng bo‘lmasligi, aniq chegaralarni belgilagan bo‘lishi
- ishtirokchilar salohiyati va malakasi inobatga olingan bo‘lishi kerak.
Metodbirlashmada ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilib, tahlil qilinib, umumlashtirilib, ommalashtiriladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tadbiq qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv materialini o‘qitishning yangi mantiqini amaliyotga kiritish, bilish faoliyati muammolari yechimini topishga, yangi tipdagi o‘quv jarayonlarini modellashtirishga turtki berishi mumkin.
Faoliyatining yo‘nalishlari va shakllari. * Fanga va metodbirlashmaga oid me’yoriy hujjatlarni o‘rganish.
*Metodbirlashma a’zolarini metodik yangiliklar bilan ta’minlash.
*Ilg‘or ish tajriblarini o‘rganish va ommalashtirish.
*O‘qituvchilarni malaka oshirish kurslari va o‘z ustida ishlash rejasi asosida malakasini oshirish.
*Dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni kuzatish.
*Ish tajribasini o‘rganish bo‘yicha seminarlarni o‘tkazish.
* Eslatmalar va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish.
*Konferensiyalarda, davra suhbatlarida ishtirok etish.
*Metodik materiallar va ishlanmalarning to‘planishi.
*O‘qituvchilarning o‘z ustida malakasini va mahoratini oshirishga oid hisobotlari.
Metodbirlashmada yig‘ilishlar orasida o‘tkaziladigan tadbirlar: Sentabr:
1. O‘qituvchilarni taqvim-mavzuli rejasini tuzish.
2. Amaliy ishlarni o‘tkazish rejasini tuzish.
3. Intellektual marafon uchun vazifalarni tayyorlash.
4. Olimpiada va bilimlar bellashuvi uchun o‘quvchilarni tayyorlash.
5. O‘quvchilarning ijodiy faoliyati va loyihalash usuli mavzusida ma’ruza tayyorlash.
Oktabr:
1. Tuman olimpiadasi bilimlar bellashuviga tayyorlanish.
2 Ko‘rik tanlovlarda qatnashish.
3. O‘qituvchilarning darslarni kuzatishi va tahlil qilish.
4. Intellektual marafon o‘tkazish.
5. Seminar va konferensiyalarda ishtirok etish.
Noyabr:
1. Tuman olimpiadalarida qatnashish.
2. O‘quvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorgarligi.
3. O‘qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlil qilish.
Dekabr:
1. Viloyat olimpiadasiga va bilimlar bellashuviga tayyorgarlik.
2. Anketa savolnomasini o‘tkazish.
3. Kasbiy qiyinchiliklar bo‘yicha individual maslahatlar.
4. O‘qituvchilarni malaka toifasi uchun o‘tkaziladigan attestatsiyaga tayyorlash.
“O‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish” mavzusida doimiy harakatdagi seminar o‘tkazish. Fevral:
1. Ilmiy konferensiya. Ekologiya bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
2. 3-chorakda o‘qituvchilarning ish faoliyatini monitor qilish.
3. O‘qituvchilarning saytlari orqali innovatsion pedagogik texnologiyalarni va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va joriy etish.
4. Olimpiadada o‘quvchilar ishini tekshirishda ekspert sifatida qatnashish.
Mart:
1. O‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, axborot to‘plash, tadqiqot va himoya qilishga tayyorgarlik.
2. Fan oyliklarini rejalashtirish va tashkil etish.
3. Pedagogik tajribani tarqatish uchun seminarlar, tanlovlar. Loyihalarida ishtirok etish.
Aprel:
1 Yil davomida maktabning boshqa metodbirlashmalari bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirish.
2. Attestatsiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish.
3 O‘zlashtirish natijalarining tahlili.
4 O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyati.
Iyun:
1. Texnologik ijod kunlarini o‘tkazish.